Nukus voqealari bo‘yicha jami 171 kishi ayblanmoqda — Bosh prokuratura

Qoraqalpog‘istonda 1−2 iyul kunlari yuz bergan voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan birinchi va 22 kishiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud Buxoro viloyatida davom etmoqda. Bosh prokuratura yana 39 kishiga daxldor ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlanayotganini ma’lum qildi.

Nukus voqealari bo‘yicha sud: jabrlangan harbiylarning bir qismi sudlanuvchilarni kechirganini aytishdi

Nukus voqealari bo‘yicha sudda fuqaroviy da’vogarlar va jabrlanuvchilar so‘zlashda davom etmoqda. Bu haftada Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiylari, IIV xodimlari va boshqalar so‘zlamoqda. Bir necha sudlanuvchi kechirim so‘ragach, ayrim harbiy xizmatchilar suddan ularni kechirishni so‘rashdi.

AQSh O‘zbekistonda savdo diversifikatsiyasi va ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh O‘zbekistonni yangi savdo yo‘llarini yo‘lga qo‘yish, import va eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish, iqlim inqiroziga qarshi kurashish va ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda ikkinchi strategik sheriklik muloqoti natijalari bo‘yicha qo‘shma bayonotda aytildi.

Qoraqalpog‘istonda 1−2 iyul kunlari halok bo‘lganlarning ro‘yxati e’lon qilinadimi? Bosh prokuratura javobi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi voqealar vaqtida halok bo‘lganlarning ismlari va ularning o‘limlari sabablari sud jarayonida birma-bir e’lon qilinib, muhokama etiladi. Halok bo‘lganlar ro‘yxati shu vaqtgacha e’lon qilinmagan.

Nukus voqealari bo‘yicha nega Buxoroda o‘tmoqda va jarayon uchun sudya qanday tanlangan?

Nukus voqealari bo‘yicha ayblanayotgan 22 kishining sud jarayoni uchun sudya biror shaxs tomonidan emas, balki axborot tizimi tomonidan tanlangan. Bosh prokuraturaning tushuntirishicha, sudning Nukusda emas, Buxoroda o‘tayotgani Qoraqalpog‘istondagi tergov hibsxonasidagi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

YeTTB O‘zbekistonda ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun kredit ajratadi

YeTTB Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt gacha bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun 520 mln dollargacha bo‘lgan ikkita sindikatlangan kredit ajratmoqda.

Nukus voqealarida namoyishchilarga qarshi qurol ishlatilgani bo‘yicha alohida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Nukus voqealarida namoyishchilarga qarshi qurol qo‘llanilishining qonuniyligi alohida jinoyat ishi doirasida tergov qilinmoqda. Bosh prokuratura «jamoatchilikni xavotirga solayotgan ushbu holatlar»ga huquqiy baho berilishi, agar holatlar tasdiqlanib, ish sudga oshirilsa, sud ochiq tartibda o‘tishini ma’lum qildi.

Andijonda fuqarolarni pul evaziga «zapravka»ga navbatsiz kiritgan shaxslar qamaldi

Tarmoqlarda Andijon viloyatida pul evaziga mijozlar gaz quyish shoxobchasiga navbatsiz kiritilayotgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat Oltinko‘l tumanida sodir bo‘lgani va 2 nafar shaxs 15 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.

Jordan Aviation O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Iordaniyaning Jordan Aviation aviakompaniyasi Amman-Toshkent-Amman yo‘nalishida yangi parvoz yo‘nalishini ochdi. Reyslar charter asosida ikki haftada bir marta Boeing-767 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Olmazor tumanida harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi. Mashinadagi qisqa tutashuv o‘t chiqishiga sabab bo‘ldi.

Yil boshidan beri 317 mingdan ortiq migrant Rossiyadan qaytib kelgan — Migratsiya agentligi

Yanvar-noyabr oylarida xorijiy davlatlardan 508 ming nafar, birgina Rossiyaning o‘zidan esa 317 mingdan ortiq migrant Vatanga qaytib kelgan. Mehnat vazirligi vakiliga ko‘ra, migrantlar qishni O‘zbekistonda o‘tkazib, bahorda yana qaytib ketadi, bu doimiy kuzatiladigan holat.

2 mlndan ortiq o‘zbekistonlik migrant chet elda ishlamoqda

Hozirda 2 mln nafardan ortiq o‘zbekistonlik mehnat migrantlari xorij davlatlarida ishlamoqda, deya ma’lum qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Azim Ahmatov. Ularning 1,5 mln nafari Rossiyada, deyarli 200 ming ortiq migrant esa norasmiy faoliyat yuritmoqda.

Noyabrda naqd pullar qoldig‘i 2,4 trln so‘mga qisqargan — MB

Markaziy bank 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda milliy valyutadagi pul massasi 0,4 trln so‘mga ko‘payib, 125,1 trln so‘mga yetganini ma’lum qildi. Muomaladagi naqd pullar qoldig‘i esa 2,4 trln so‘mga qisqarib, 41,3 trln so‘mni tashkil etmoqda.

Surxondaryoda Lada yerda yotgan mast odamni bosib ketdi

Angor tumanida Lada Samara haydovchisi mast holda yo‘lda yotgan piyodani bosib ketdi. 46 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etdi.

Noyabr oyida Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxi 5,8 foizga arzonlashdi

ITIM ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollik 11 oy davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda o‘rtacha narxlar 15,8 foizga, xususan, poytaxtda 22,7 foizga ko‘tarildi. Shu bilan birga, uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat barqarorlashayotgani qayd etildi.

Noyabrda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari biroz yuqoriladi. Sabablar

Noyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari biroz oshdi. Respondentlar tomonidan valyuta kursining qadrsizlanishi, yoqilg‘i va energiya resurslari, shuningdek, import qilinadigan xom ashyo va butlovchi qismlar narxining qimmatlashuvi narxlarni oshiruvchi omillar sifatida qayd etildi.

O‘zbekistonda 10 oyda 18,2 ming nafar egizak dunyoga keldi

Yanvar-noyabr oylari davomida O‘zbekistonda 18230 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1408 nafarga ko‘pdir.

O‘zbekistonda jami koronavirusga chalinganlar soni 248 ming nafardan ortdi

Seshanba kuni respublikada yana 101 kishi kovidga chalindi (oldingi kun 58 kishi kasallik yuqtirgandi). Pandemiya boshlangan 2020 yilning mart oyidan beri rasman koronavirusga chalinganlar soni 248 mingdan ortdi.

Samarqandning ayrim hududlarida o‘quvchilar qishki ta’tildan ertaroq qaytadi

Samarqand shahri, Oqdaryo, Toyloq, Jomboy va Samarqand tumanlaridagi ayrim maktab o‘quvchilari qishki ta’tildan ertaroq qaytadi. Ular sentabrda o‘tkazilgan SHHT sammiti sababli qoldirgan darslar o‘rnini qishki ta’til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan to‘ldiradi.

O‘zbekistonda efirga uzatiladigan xorijiy telekanallar ro‘yxati kengaytirildi

O‘zbekistonda efirga uzatiladigan xorijiy telekanallar ro‘yxati 50 tadan 192 taga kengaytirildi. AOKA bunday qaror fuqarolarning turli manbalardan to‘liq va xolis axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qabul qilinganini ma’lum qildi.