O‘zbekistondagi Hettich nemis brendining rahbari.
«bilan bir kun»
Bu ASUS`ning maxsus loyihasi bo‘lib, uning doirasida berib boriladigan qator materiallarda g‘oya tashabbuskorlari kundalik hayotining bir kuni haqida gapirib beradi. Loyiha maqsadi – ularning kuni nimalar bilan bandligi va aslida qancha vazifani bajarishga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib berishdir.
Ravshan
UMAROV
ASUS taqdim qilgan ExpertBook B3 Flip bilan ikki hafta foydalandim. Va barcha ehtiyojlarimni qanoatlantirgan noutbukning imkoniyatlari meni quvontirmay qolmadi.
С



П



Е



Ц



П



Р



О



Е



К



Т



Bir kun 8 daqiqada:
С



П



Е



Ц



П



Р



О



Е



К



Т



Bir kun 6000 belgida:
С



П



Е



Ц



П



Р



О



Е



К



Т



Men O‘zbekistondagi Hettich nemis brendining rahbariman. Eman Materials uning rasmiy distribyutoridir.
Men mamlakatda brendning rivoji, jumladan riteyl – chakana savdo va riteyl muhitni yo‘lga qo‘yish, shourumlarni rivojlantirish va biznesni kengaytirish uchun javob beraman. Xullas, brendni rivojlantirish doirasida bajariladigan barcha ish bilan shug‘ullanaman. Bo‘linmamizda 20 nafardan sal ko‘proq xodim bor va ular butun respublika doirasida faoliyat yuritadi.
Hettich oltita shourumga ega, ulardan ikkitasi Toshkentda joylashgan. Samarqand, Navoiy, Andijon va Namanganda ham bittadan shourum faoliyat yuritadi.
Toshkentdagi shourumlarning biri «Jomiyda» joylashgan. Unda furnitura uchun riteyl hudud taqdim qilingan. Biroq, u yerdan ko‘proq bek-ofis joy olgan: buxgalteriya, kadrlar bo‘limi, logistika bo‘limi, xaridlar va tashqi iqtisodiy faoliyat, integratorlar va h.k. Bosh shourum undan uzoq emas – «Chinobod» sanatoriyasining yonginasida.
Keyingi yil yana bir necha – taxminan uchta shourum ochmoqchimiz. Ammo hammasi birinchi navbatda kadrlarga bog‘liq: joyni ochish – bitta masala, odamlarni u yerda ishlashga o‘rgatish esa umuman boshqa gap.
Bizning mahsulot – o‘ziga xos va katta mahoratni talab qiladi. Zero u yakuniy isteʼmolchidan ko‘ra, ko‘proq mebellarni ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan. Bunda mebelning funksionalligi va foydalanishda qulayligi unga bog‘liq.
Mening ishim ko‘proq mobillik bilan bog‘liq. Masalan, 27-noyabr kuni Germaniyadan uchib keldim. U yerda men Hettich bosh zavodidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdim. 30 noyabrda esa Andijondagi shourumlarning birida edim. Mobil noutbuk men uchun har qachongidan muhim.
Texnikani tanlashda uning mobilligi – eng ustuvor afzallik hisoblanadi. 360 daraja aylana oladigan ASUS ExpertBook B3 Flip xususiyatlari meni lol qoldirdi. Uning sensorli ekrani, yengilligi va ixchamligi noutbuk bilan ishlashda qulaylik tug‘diradigan jihatlardir.
Mening ish kunim odatda quyidagicha kechadi: bir bo‘limdan ikkinchi bo‘limga qavatma-qavat yugurish, xizmat safari chog‘ida yoki mashinada harakatlanayotganda zudlik bilan fayllarni olish yoki yuborishga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, uyda ham home-ofisdan foydalanishga zarurat tug‘ilganda buni tezkorlik bilan barcha sharoitlarda amalga oshirish imkoni bo‘lishi zarur.
Noutbukning qancha kichik va og‘irligi qancha kam bo‘lsa, bunday sharoitlarda ishlash shuncha oson bo‘ladi.
Og'irligi:
Qalinligi:
19 mm
1,61 kg
Men ExpertBook B3 Flip noutbukidan ikki haftadan beri foydalanib kelaman. Bu ExpertBook flip — lineykasining flagmani emas, biroq bu narx va sifatning optimal mutanosibligini ustuvor namunasidir.
Bunda u mening barcha ehtiyojlarimni «qoplay oladi». Men unda katta hajmdagi o‘yinlarni o‘ynashni rejalashtirmaganman va rejalashtirmayman ham. Bunga, ochig‘i, vaqtim ham yo‘q.
Ammo bazaviy va ofis uchun zarur bo‘lgan dasturiy taʼminotni ExpertBook B3 Flip yuqori darajada taʼminlaydi. Bu menga juda yoqdi.
Men dizaynerlar bilan uchrashuvlarga tez-tez borib turaman, shourumda bevosita mijozlarga yordam beraman, sotuvchilar va mebel ustalari bilan muloqot qilaman. Bizda hatto treninglar uchun maxsus markaz bor. Unda biz “mebelchilarga” yig‘ish jarayonini optimallashtirish, ishlab chiqarish sifatini oshirish va buning natijasida byurtmachilar uchun narx juda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beramiz. Shunday vaqtda mahsulotlarning bor ko‘rkini namoyish qilish va turli ko‘rinishlarini vizual aks ettira olish men uchun muhim.
ASUS ExpertBook B3 Flip`da yaltiramaydigan antiblik qoplamali va ko‘rish burchagi katta bo‘lgan 14-dyuymli IPS-displey o‘rnatilgan. Shunday noutbuk bilan men ko‘chada uchrashuv sharoitlarida (hatto bir necha odam bilan) muzokaralarni muvaffaqiyatli o‘tkazishga muyassar bo‘ldim.
Bundan tashqari, ExpertBook`ning bunday modeliga ekran sharniri qurilgan bo‘lib, u noutbukni 360 darajaga o‘girish imkonini beradi. Natijada u ishlashda imkoniyatlari cheksiz bo‘lgan o‘ziga xos planshetga aylanadi. Qolaversa, ExpertBook V3 Flip to‘plami uskuna korpusiga kiritilgan stilus bilan birga yetkaziladi.
Bunday transformatsiya masofadan imzo chekish, maketlarga o‘zgartirishlar kiritish, statistikani tahlil qilish va qaydlarni yozib borish vaqtida, qolaversa, shunchaki ishdan rasm chizib dam olish uchun ham juda qulay.
Noutbukning kuchli apparat konfiguratsiyasi ham meni hayratlantirdi. ASUS ExpertBook B3 Flip 11-avlodga mansub bo‘lgan Iris Xe videokartasini o‘z ichiga olgan Intel Core i7 protsessoriga ega.
Qolaversa, operativ xotira hajmi 48 Gb, tezkor SSD esa o‘ziga 1 TBgacha turli dastur, foto, video va boshqa maʼlumotlarni sig‘dira oladi. Shuning uchun ASUS ExpertBook B3 Flip bilan men interfeys va dasturlarda ishlash tezligi uchun havotir olmayman.
1 ТB gacha
48 GB gacha
PCIe M.2 SSD:
Xotira DDR4:
ASUS ExpertBook B3 Flip ikkita kameraga ega ekanligi ham eʼtiborga sazovordir: ekran shapkasida klassik infraqizil va klaviatura ustida 13-megapikselli kamera bor. Oxirgisi qo‘shimcha ravishda planshet rejimida video olish va videokonferensiya vaqtida rakurslarni o‘zgartirish imkonini beradi. Bunda ekrandagi kontentdan doim foydalansa bo‘ladi: noutbukni o‘zingiz tomonga burish yoki holatingizni o‘zgatirishga hojat yo‘q.
ExpertBook modelining eng zo‘r funksiyasi bu – audio va video uchun intellektual shovqinni «yuta olishidir». Bu yo‘lda yoki odam ko‘p joyda qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘lganida juda muhim omil hisoblanadi.
Simsiz va mobil tarmoqlarga ulanish uchun uskunada Wi-Fi 6 va 4G/LTE5 modullari bor. Ularning yordamida men internetning past tezligidan xavotir olmay, istalgan joydan aloqaga chiqa olaman hamda barcha vazifalarni masofadan bajara olaman.
ExpertBook B3 Flip korpusi harbiy-sanoat standarti bo‘yicha sertifikatsiyalashdan o‘tgan. Men uchun tashqi taʼsirlarga korpusning bardoshliligi muhim: men doim harakatdaman, sotuv manzillari va omborlarga boraman.
Menga doim kompaniyaning hisobotlari, raqamlari, statistikasi, rejalari, yaʼni maxfiy tusdagi hujjatlar yuboriladi. Shuning uchun ham ExpertBook B3 Flip`ning maʼlumotlarni himoya qilish xususiyati — men tanlayotganda asosiy eʼtibor qaratgan jihat bo‘ldi.
Noutbuk to‘laqonli himoya vositalari bilan jihozlangan. Ularning orasida Kensington qasri uchun slot, TRM kriptoprotsessor 2.0, veb-kamerani bloklash uchun shtorka, barmoq izlarining skaneri mavjud.
ExpertBook B3 Flip istalgan tashqi uskunalarni ulash uchun to‘liq to‘plamdagi interfeys bilan jihozlangan: qo‘shimcha vositalar, monitor, printer. Yana bir mo‘jizaviy funksiya – yonib turadigan NumberPad 2.0. Noutbuk ixcham va undagi klaviatura o‘ziga mos. NumberPad jadval va katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlashni osonlashtiradi.
С



П



Е



Ц



П



Р



О



Е



К



Т



Mening qarorim: ASUS ExpertBook B3 Flip mening barcha istaklarimni ruyobga chiqardi. U menga kundalik hayotimdagi barcha vazifalarni uddalashga yordam berdi, narxi esa hamyonbop, sifati esa maqtovga sazovordir. Uni biznesda yordamchi sifatida olish kerakmi? Hech shubhasiz, «HA» deyman.
Reklama huquqlari asosida.