O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev seshanba kuni Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida Chilonzor issiqlik markazini borib ko‘rdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Ushbu majmua 1969 yilda qurilgan. Qozonxona 700 Gkal quvvatga ega. Markaz 921 ta ko‘p qavatli uy va 100 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik quvvati yetkazib beradi.

kuз-қиш мaвсuми, uchтепa tumanи, шaвкaт мирзиёев

«So‘nggi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu isitish darajasiga salbiy ta’sir qilmoqda. Chilonzor issiqlik markazida ham uskuna va tarmoqlar eskirgan. Issiqlikni uzatishda yo‘qotishlar bor. Shu bois bu boradagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi», — deyiladi xabarda.

Prezident Toshkent tumanlariga elektrda ishlaydigan 2 megavattli stansiyalar olib kelib, qo‘shimcha issiqlik quvvatlari yaratish taklifi ma’qullandi. Bunday bitta qurilma 1340 ta xonadonga issiqlik yetkazib beradi. Ishlab chiqarish xarajati kamligi evaziga narx oshmaydi.

«Yiqilsa kimni ayblaydi? Prezidentni»

Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda shu yerdagi Shirin mahallasini kirib ko‘rdi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turmush sharoitlari, issiqlik ta’minoti bilan qiziqdi. Davlat rahbari matbuot xizmati ushbu tashrifdan bir qancha videolarni e’lon qildi.

Ularda prezidentning bosh vazir Abdulla Aripov, shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqa rasmiylar hamrohligida muzlagan yo‘laklardan qanday o‘tayotgani ko‘rsatilgan.

kuз-қиш мaвсuми, uchтепa tumanи, шaвкaт мирзиёев

U ko‘p qavatli uyning kiraverishiga kelib, kirish eshigini ko‘zdan kechirdi va eshik tashqarisidagi qushlarning axlatini ko‘rsatib, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Xidoyatovdan: «Qani kompaniyang?» (aftidan boshqaruv kompaniyasiga ishora qildi). Hammang doklad qilishni zo‘r bilasan, pul ber, tompensatsiya ber, deb", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tuman hokimi Farhod Abdullayevga murojaat qilar ekan: «Farhod, uyalmaysanmi?» — dedi u yaxshi hokimlardan biri sanalishini ta’kidlab.

Prezident muz bilan qoplangan yo‘lakka ishora qilib: «Biz katta ko‘chani qilamiz, bu yerni qilmaymiz. Mana hozir bu bechoralar chiqadi, yiqiladi, kimni ayblaydi? Prezidentni», — dedi.

Davlat rahbari shahar hokimiga murojaat qilar ekan: «Ortiqxo‘jayev, mayli, qancha qo‘shimcha mablag‘?.. Mana shu yerni qor yoqqanidan keyin ko‘rdingizmi, uch kun oldin qilganimizda, bu bo‘lmasdi. Mana endi muz, yaxmalak bo‘ldi. Albatta yiqiladi bu yerda», — deya ta’kidladi.

«Tushunarli, hurmatli prezident», — dedi shahar hokimi.

«Shuni qilsa bo‘ladi-ku. Hozir sizlar paxta ekmayapsizlar, g‘alla ekmayapsizlar, sho‘r yuvmayapsizlar. Qishloqda sho‘r yuvardi tuman hokimlari.

«Har kim yiqiladi bu yerda», — deya Shavkat Mirziyoyev kirish eshigi oldidagi muzlagan yo‘lakni ko‘rsatib.

«To‘ppa-to‘g‘ri aytdingiz», — deya javob berdi bosh vazir Abdulla Aripov. «Yuz foiz haqsiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

«Qilganda ham yiqiladigan qilib qo‘yganmiz, — deya zinani ko‘rsatgancha so‘zini davom ettirdi prezident. — Xudo ko‘rsatmasin, mashina o‘tib qoladigan bo‘lsa, tagiga tushib ketadi».

«Uyingiz issiqmi?»

kuз-қиш мaвсuми, uchтепa tumanи, шaвкaт мирзиёев

Shavkat Mirziyoyev xonadonlardan birining eshini taqillatdi va hayratda qolgan fuqarodan: «Uyingizda issiqlik qanday?» — deb so‘radi.

«Rostini aytsam? Unchalik emas», — javob qildi erkak.

«Ammo umuman olganda yetarli, to‘g‘rimi?» — deya aniqlik kiritdi prezident.

«Umuman olganda sovqotayotganimiz yo‘q».

«Lekin yetarli, to‘g‘rimi?» — deya so‘radi prezident yana.

«Ha», — deya tasdiqladi fuqaro.

«Ya’ni unchalik sovuq emas-a?» — deya davlat rahbari bilan qiziqishda davom etdi.

Fuqaro aslini olganda oilasi sovqotmayotganini takrorladi.

Prezident ketayotganida, bu odam birinchi marta prezidentni ko‘rib turgani uchun hayajonlanayotganini tan oldi.

«Meni taniding, to‘g‘rimi?» — deya Shavkat Mirziyoyev hazillashdi.

«Albatta!» — deb javob berdi odam.

Prezident uning qo‘lini siqdi, bir-birlariga yaxshi tilaklar bildirishdi.

«Eng muhimi, yaxshi kayfiyatda bo‘lish. Bir oz sovuq — o‘tadi. Sizlarda issiq bo‘lishi uchun hamma chorani ko‘ramiz», — deb ishontirdi prezident.

Boshqa bir videoda Shavkat Mirziyoyev tuman hokimini nazarda tutib: «Sizlar ishlamaganlaring uchun davlat yomonga chiqayapti. Agar yaxshi ishlasangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi»,.- dedi.

kuз-қиш мaвсuми, uchтепa tumanи, шaвкaт мирзиёев

Boshqa bir videoda ham prezident tuman hokimiga yuzlanadi:

«Men sizlarga ishonib kabinetda o‘tiraman. Mana, qara, muzlab yotibdi. Odamlar mana shundan norozi — kattalar yurgan joyni qiladi, bu joylarni hech kim qilmaydi deb».

«Sizlarga TSJni kompaniya qilib berdim, ularning puliyam bor, to‘g‘rimi? Juda bo‘lmasa, o‘zingning temir daftaringda puling bormi? Ozgina pul bersang toza bo‘ladi», — dedi prezident.

«Gazeta.uz» avvalroq Uchtepa tumanida prezident tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida yozgan edi.