O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun 14 kunlik qishki ta’til beriladi, deya xabar bermoqda vazirlikmatbuot xizmati.

Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr kuni qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 14 kalendar kun davom etadi va III chorak 2023 yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar qishki ta’til berilishi xabar qilingandi.