16 dekabr sanasidan metropolitenning «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha (odatda soat 0:00 gacha) amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent metropopliteni matbuot xizmati xabar berdi.

Bu vaqtda metro temir yo‘llarida texnik ishlar bajariladi hamda o‘rnatilgan qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Texnik ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar metropolitenning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali beriladi, deyiladi xabarda.