O‘zbekiston viloyatlari hokimliklari va Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr uzilishlari jadvallarini e’lon qila boshladi. Shu kabi rejalar haqida avvalroq «Gazeta.uz» bilan suhbatda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qilgandi.

U o‘shanda mamlakatda gaz va elektr energiyasi taqchil bo‘lgan qiyin davrda «svet»ni o‘chirishni majburiy chora deb atagandi. Mamlakat bo‘ylab oldindan aniq jadvallar ilgari hech qachon oshkor etilmagan va ko‘pchilik aholi uchun elektr uzilishlari kutilmagan holat hisoblanadi.

Vazir o‘z intervyusida vaziyatga qarab jadvallarga tuzatishlar kiritilishi mumkinligini ta’kidlagandi. Jadvallar ketma-ketligiga favqulodda o‘chishlar bilan ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Toshkent

«Hududiy elektrtarmoqlari» Toshkent shahar filiali 13 dekabr kuni poytaxtning barcha tumanlari bo‘ylab elektr ta’minotida qaysi vaqt oralig‘ida uzilish bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni PDF ko‘rinishida e’lon qildi.

«Yuqori iste’mol vaqtlarida Toshkent shahriga belgilangan iste’mol topshirig‘ini bajarish, ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni to‘xtab qolishini oldini olish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish muvozanatini ushlab turish hamda iste’molchilar ta’minotini tartibsiz uzilishlarni bartaraf etish maqsadida faqat favqulodda holatda poytaxtning hududlarida tuman hokimliklari bilan kelishgan holda elektr energiyasi ta’minotiga qisqa muddatli cheklovlar kiritiladi», — deyiladi xabarda.

Korxona qo‘shimcha qilishicha, «ushbu cheklov jadvallari faqat favqulodda, ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida avariya holatlarini oldini olish, iste’mol ortib ketgandagina amal qiladi».

Boshqa hududlardagi jadvallar:

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Xorazm viloyati

Surxondaryo viloyati