Toshkent ko‘chalarida elektr energiyasini tejash maqsadida joriy qilingan cheklovlar olinadi

13 dekabr soat 17:00 dan mavjud ko‘cha chiroqlari, illyuminatsiya chiroqlari 100 foiz yoqiladi.

«Bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdim» — prezident

O‘zbekiston prezidenti bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi. Avvalroq buncha miqdordagi avtobuslarni 2025 yil oxirigacha sotib olish rejalashtirilgan edi.

«Yiqilsa, kimni ayblaydi? Prezidentni». Mirziyoyev — muzlagan yo‘laklar haqida

Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrifi davomida kutilmaganda mahallaga tashrif buyurib, kirish eshiklari holatiga nazar tashladi, aholi xonadonlarida bo‘ldi. U mutasaddilarning issiqlik masalasini hal qilayotganiga ishontirdi, sovuq tez orada o‘tib ketishini aytib, yo‘laklar muzlaganini tanqid qildi.

Prezident eng og‘ir yo‘nalishlarga qo‘shimcha avtobuslar qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtda jamoat transportidan foydalanadigan 1,3 mln yo‘lovchi uchun avtobuslar yetishmayotganini tanqid qildi. Prezident eng og‘ir yo‘nalishlarga qisqa muddatda qo‘shimcha avtobuslar qo‘yish hamda haydovchilarning oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Yer usti metro liniyasi vaqtinchalik soat 23:00 gacha ishlaydi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa liniyasida texnik ishlar bajarilishi sabab poyezdlar 16 dekabrdan soat 23:00 gacha harakatlanadi.

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til odatdagidek 28 dekabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun 28 dekabrdan 2023 yilning 11 yanvariga qadar 14 kunlik qishki ta’til beriladi.

Yil boshidan beri dunyoda 67 nafar jurnalist o‘z vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘ldi

Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining ma’lum qilishicha, yil davomida 67 nafar jurnalist hamda OAV vakillari o‘z vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘ldi. Federatsiya bosh kotibi BMT Bosh Assambleyasida «Jurnalistlarning xavfsizligi va mustaqilligi bo‘yicha» konvensiya qabul qilish vaqti kelganini aytmoqda.

Surxondaryoda qizil kitobga kiritilgan 51 tup daraxtni kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesilishi oqibatida o‘simlik dunyosiga jami 560 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgandi. Viloyat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Tadbirkorlarning energiya resurslaridan foydalanish holatlari tekshiriladi

Prezident qarori bilan 1 aprelgacha tadbirkorlarning energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari tekshiriladi. Tekshiruv prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan amalga oshiriladi.

TIV Meksikada hibsga olingan 7 nafar o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston TIV Meksikada 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingani aytilgan xabar yuzasidan bayonot berdi. Hozirga qadar barcha fuqarolar qo‘yib yuborilgan va Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. «Ularning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q», — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

Qonunchilik palatasida tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolar va mansabdor shaxslarni jarimaga tortish yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini belgilash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar loyihani ikkinchi o‘qishda bir ovozdan qabul qilindi.

O‘zbekistonda «svet» o‘chirilishi bo‘yicha jadvallar e’lon qilina boshlandi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida elektr tarmoqlari ma’murlari va korxonalari elektr ta’minotidagi aniq uzilishlar jadvallarini e’lon qila boshladi. Vaqtinchalik o‘chirishlar faqat zarur hollardagina amalga oshiriladi. Hozircha grafiklar uchun alohida sayt mavjud emas.

WizzAir aviakompaniyasi ilk bor Abu-Dabidan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

13 dekabr kuni Vengriyaning WizzAir loukoster aviakompaniyasi Airbus A321 neo samolyotida ilk bor Abu-Dabi — Samarqand — Abu-Dabi parvoz yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirdi.

Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 15−22−29 dekabr va 5−12−19−26 yanvar kunlari Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 17−29 dekabr va 2−15 yanvar kunlari Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Andijonda uyda yong‘in bo‘lishi oqibatida 63 yoshli fuqaro vafot etdi

Andijon tumanida yashash xonadonlarining birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 63 yoshli fuqaro vafot etdi. Farzandi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqani aytilmoqda.

Farg‘onada uyda gaz portlashi oqibatida fuqaro vafot etdi

Qo‘qon shahrida uyidagi gazni tekshirib ko‘rish uchun gugurt chaqqan fuqaro gaz portlashi oqibatida vafot etdi. Yonida bo‘lgan ukasi esa kuyish jarohati bilan shahar tibbiyot markaziga joylashtirildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Qashqadaryoda 13 yoshli bola is gazidan vafot etdi

Qarshi shahrida 13 yoshli bola uyidagi gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ukalari esa zaharlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizildi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara haqidagi kelishuvni olqishladi

AQSh O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini olqishlaydi, dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov bilan uchrashuvda. Bu yerda ikki davlat o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonda kunlik kovid statistikasi sezilarli pasaydi

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 12 dekabr kuni koronavirusga chalinganlar soni 58 nafarni (bir kun oldin 122 kishi) tashkil etib, pandemiya boshlangandan buyon virusga chalinganlar soni 247 987 nafarga yetdi.

Andijondagi korxona 6 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng elektr energiyasini talon-toroj qildi

Energetika vazirligi Andijonda 684,1 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilinganini aniqladi. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Bundan 100 yil avval o‘zbekistonlik amaldorlarning xizmat avtomobillari qanday bo‘lgan?

Mercedes, Toyota, shuningdek, Chevrolet’ning premium modellari — bugun o‘zbek amaldorlari suyib foydalanadigan avtomobillar. Bir asr avval hozirgi O‘zbekiston o‘rnida bo‘lgan Turkiston Respublikasi amaldorlari-chi, ular qanday mashinalardan foydalangan? Tarixchi Sharofiddin Hoshimjonov maqolasi — shu haqda.

Ilmiy ish qanday yozilishi yoki bo‘lishi kerak? Uning natijasi-chi?

O‘zbekistonda falsafa doktori, fan doktori ilmiy darajasini olish uchun yoziladigan dissertatsiyaga o‘ndan ortiq talab qo‘yilgan. Hamma ham talab-qoidaga rioya qilyaptimi? Yozilayotgan ilmiy ishlar qanchalik sifatli? O‘zbek ilm-fani uchun nechog‘lik yangilik bo‘lmoqda? Yildan yilga tadqiqotchi, izlanuvchilar soni oshyaptiyu, nega natijasi bilinmaydi? «Gazeta.uz» mutaxassislardan muammo nimada ekanligi va ilmiy ish aslida qanday yozilishi haqida so‘radi.