12−14 dekabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Vashington shahrida delegatsiya O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken hamda AQShning boshqa rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazadi.