Fiskal tahlillar Telegram kanalida yanvar- noyabr oylarida qurilish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta yirik korxona ma’lumotlari ochiqlandi.

1 dekabr holatiga qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 17 467 ta korxona tomonidan 6,6 trln so‘m soliq to‘langan. Shundan 1 trln so‘mi, ya’ni 15,3 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida soliq to‘lash ko‘rsatkichlari — TOP-3:

  • Toshkent shahri — 2,7 trln so‘m — 41,1% (3 566 ta korxona);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 981 mlrd so‘m — 14,8% (968 ta korxona);
  • Qashqadaryo viloyati — 629,9 mlrd so‘m — 9,5% (1 427 ta korxona).

Qurilish kompaniyalari orasida eng ko‘p soliq to‘laganlar sifatida — Discover Invest MCHJ (87,1 mlrd so‘m), Premium Village MCHJ (83,5 mlrd so‘m), Mimar Group MCHJ (67,8 mlrd so‘m), Absolute Business Trade MCHJ (67,5 mlrd so‘m), Agromir Buildings MCHJ (63,3 mlrd so‘m) qayd etildi.

Ro‘yxatda keltirilgan kompaniyalar orasida nisbatan kam soliq to‘laganlar — Castle Village MCHJ (29,6 mlrd so‘m), Golden House Development MCHJ (29,2 mlrd so‘m), Trest-12 A3 (27,8 mlrd so‘m) korxonalaridir.


Ma’lumotlar soliq to‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tgan hududi bo‘yicha shakllantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, DSQ raisi Sherzod Kudbiyev 1 dekabrdan boshlab soliq organlari jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga olingan ma’lumotlarni ochiq e’lon qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.