Noqulay ob-havo Qarshi aeroporti faoliyatini vaqtincha cheklab qo‘ydi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Tuman va kuchli shamol hamda ko‘rish chegarasining 400 metrga pasayishi tufayli Rossiyaning “Азимут” aviakompaniyasiga tegishli Moskvadan Qarshiga yo‘l olgan A47095 reysi Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 07:15 da bortida 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot aeroportga kelib qo‘ndi. Ob-havo yaxshilanishi bilan reys Samarqanddan Qarshiga jo‘nab ketish kutilmoqda.