Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmaydi — vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev Yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayramda elektrga bo‘lgan talab pasayadi, chunki bu paytda qator obyektlar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

Farg‘onada gaz uzilganiga qarshi norozilik uyushtirgan zavod xodimlari qamaldi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida gaz quvuridan uzilgan zavod xodimlari norozilik uyushtirdi. Viloyat IIB tashkilot shartnomaga ko‘ra gazdan uzilganini ma’lum qildi. «O‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi noroziliklarni uyushtirgan» xodimlarga 5−10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi importini oshirdi

Turkmaniston O‘zbekistonga sutkalik elektr energiyasi yetkazib berish hajmini qariyb 17 foizga — 20−21 mln kVt/soatgacha oshirdi.

IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qildi

«Gazeta.uz» muxbirining Facebook’dagi izohi uchun ota-onasining uyiga IIB tergov-qidiruv bo‘limi xodimi keldi. Boshqa jurnalistning Facebook’dagi postlari uchun ota-onasi IIB Migratsiya bo‘limiga chaqirtirildi. Jamoatchilik bu nima — «anglashilmovchilikmi yo o‘zboshimchalik» ekaniga izoh berishni talab qilmoqda.

«Mas’ullarga tanbeh berildi». IIV jurnalistlarning ota-onalari so‘roq qilingan holatga munosabat bildirdi

IIV Samarqand va Qashqadaryoda IIO xodimlari jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari uchun ularning ota-onalarini so‘roq qilgan holatga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, bu Narpay tumani va Qarshi shahar IIBlari «rahbariyatining shaxsiy tashabbuslari» bo‘lib, «mas’ullarga tanbeh berildi».

Farg‘ona NQIZda benzin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 850 tonnadan 1000 tonnaga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 30 tonnadan 50 tonnaga oshirilmoqda.

Jurnalistlarning ota-onalari so‘roq qilinishi haqida jamoatchilik nima demoqda?

Jurnalistlarning Facebook`dagi post va izohlari uchun ularning viloyatlarda yashayotgan ota-onalari bilan «suhbat uyushtirildi». Jamoatchilik buni qoralab, tizim «o‘zgarolmayotgani»ni yozmoqda. «Gazeta.uz» mazkur izohlarni jamladi.

IIV: «Ortiqcha vaznga ega xodimlar 5−7 foizni tashkil qiladi»

IIV tizimidagi kadrlarning 5−7 foizi ortiqcha vaznga ega xodimlardan iborat. Muntazam ravishda mashg‘ulotlar olib borilishi tufayli semiz xodimlar soni har yili kamaymoqda. Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, antropometrik ko‘rsatkichlari yuqori xodimlarga maxsus unvonlar berilmayapti, yuqori lavozimga tayinlanmayapti.

Yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, gaz bilan bog‘liq muammolar yechiladi — Sherzod Xodjayev

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida kerakli hajmda elektr energiyasini ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u qazib olinayotgan gaz to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilayotganini aytdi.

Narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi

Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» olib borgan o‘rganishlar davomida 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirgani, bundan tashqari, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.

11 oyda «Tez yordam» xizmatiga 5 mingga yaqin yolg‘on chaqiriq kelib tushgan

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 11 mln 735 mingdan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Ulardan 4 911 tasi asossiz murojaatlar hisoblanadi. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelib tushgan.

O‘zbekistonning yetti viloyatida qor ko‘chish havfi e’lon qilindi

10−14 dekabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax,Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shu sababdan, ushbu hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda avtomashina haydovchilaridan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Dam olish kunlari havo sovuq bo‘ladi

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida sovuq va quruq ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari −5…−10, kunduz kunlari 0…−5 darajagacha pasayadi. Shimol va cho‘l hududlarda −22 darajagacha sovuq tushishi mumkin.

8 dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 122 kishini tashkil etdi

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 8 dekabr kuni O‘zbekistonda kunlik kovid statistikasi biroz kamayib, 122 kishining virusga chalingani ma’lum qilindi. Hududlar kesimida poytaxt (66 nafar) birinchi o‘rinda.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 315 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 9 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 205 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 315 so‘m.

Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev oilasiga ta’ziya bildirdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Abdumavlon Abdullayev 92 yoshida vafot etdi. Shavkat Mirziyoyev uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Abdumavlon Abdullayev g‘o‘za genetikasining fundamental asoslarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan edi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Elektr yoki gaz qachon o‘chganini eslolmayman». Xorijdagi o‘zbeklar yirik shaharlarning energiya ta’minoti haqida

O‘zbekistonda birinchi qor yog‘ishi bilan energiya tizimi inqirozga yuz tutdi. Bunga asosan aholi soni oshib borayotgani sabab qilib ko‘rsatildi. Xorijdagi yirik shaharlarda ham shunday muammo bormi? Ularda ham gaz va «svet» tez-tez o‘chadimi? «Gazeta.uz» ayni shu mavzuda chet eldagi o‘zbeklar bilan suhbatlashdi.

«Qanday qilib Xitoy universitetlariga o‘qishga kirish mumkin?» Talaba Hojiakbar Xolmatov hikoyasi

2019 yilda Hojiakbar Xolmatov Xitoyga o‘qish uchun jo‘nab ketdi. Uyidan olisda o‘tkazgan to‘rt yil mobaynida u xitoy tilini o‘rgandi, mamlakatning eng yaxshi universitetlaridan biriga grant asosida o‘qishga kirdi va 20 ta shaharga bordi. «Xorijiy diplom» loyihasi doirasida undan Xitoy ta’lim tizimi va talabalar hayoti haqidagi taassurotlari haqida so‘radik.

Shiorlar mamlakati. Fotoreportaj

O‘zbekiston — shiorlar mamlakati. Ular butun hayotimiz davomida hamrohlik qiladi. Biz ularni sezmasligimiz va ma’nosi haqida fikr yuritib ko‘rmasligimiz mumkin, lekin ular, xohlaymizmi yoki yo‘q, hammaning xotirasida muhrlangan. «Gazeta.uz» jurnalistlari mamlakatning turli nuqtalaridagi shiorlarni to‘pladi.

Qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini yozish tizimi qanday ishlaydi?

1 dekabrdan yo‘llarda qoidabuzarlik uchun jarima ballarni hisoblash test rejimida boshlandi. Xo‘sh, jarima ballarini kuzatib borsa bo‘ladimi? Qoida buzmagan haydovchilar rag‘batlantiriladimi? Jarimalar 12 balldan oshsa nima bo‘ladi? Shu va boshqa savollarga «Gazeta.uz» bilan suhbatda YHXX boshlig‘i javob berdi.