Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilindi. Viloyat FVB ushbu xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

8 dekabr kuni soat 08:51 larda Yangibozor tumani Tibbiyot birlashmasi Tez tibbiy yordam bo‘limi dispetcheridan tuman FVBga xabar tushgan.

Unda Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘ida yashagan 1958 yilda tug‘ilgan J.R. hamda nevarasi 2009 yilda tug‘ilgan R.Bning uyida vafot etgani bildirilgan. Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar natijasida ko‘ra voqea sodir bo‘lgan xonadanda 9 nafar fuqaro bo‘lgani, shulardan 2 nafari vafot etgani aniqlandi. Qolgan 7 nafari tuman shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va ularning sog‘ligi yaxshi bo‘lgani uchun uyiga ruhsat berilgan.

2 nafar fuqaro vafot etgani bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Surishtiruvni Yangibozor tumani prokuroturasi olib bormoqda.