Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi — prezident

Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida unga kiritilayotgan o‘zgartishlarga to‘xtaldi. Bu islohotlarni «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmuni va mantig‘i, xalqimiz bildirayotgan talab, istak va takliflar, shiddat bilan o‘zgarayotgan davrning o‘zi taqozo etmoqda», — dedi u.

Prezident 402 kishi, jumladan 17 nafar chet ellikni afv etdi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan 402 kishi, jumladan, 17 nafar xorijlik va 63 ayol afv etildi. Xususan, 223 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda. Shuningdek, 58 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

«Qandaydir alyans yoki ittifoq emas, balki shartnoma orqali». Energetika vaziri — gaz importi haqida

O‘zbekistonda energiya resurslari tanqisligi tashqi omillar bilan emas, balki ichki iste’mol va iqtisodiyotning o‘sishi bilan bog‘liq, dedi energetika vaziri. Mamlakat qo‘shnilardan gazni «qandaydir alyans yoki ittifoq» orqali emas, balki tijorat shartnomasi doirasida import qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.

«Rejali cheklovlar kiritmasak, bundan-da jiddiyroq talafot ko‘rishimiz mumkin» — energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda energiya ta’minotidagi uzilishlarga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi ob-havo sharoitida rejali, tizimli cheklovlar kiritgan holda vaziyatdan chiqib ketilmasa, bundan-da jiddiyroq talofatlar ko‘rilishi mumkinligini ta’kidladi.

«Shamda o‘tirsang ham uyingda o‘tir, IIB kamerasida emas» degan namanganlik deputatning vakolatlari tugatildi

Namangan shahar kengashi deputati qamalmaganlargina gaz va elektr muammolaridan noliyotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, qamoqda bo‘lganlar erkinlik va tinchlikning qadriga ko‘proq yetadi, ular uchun «gaz-svet muammosi ahamiyatsiz». Bu post sabab ko‘tarilgan shov-shuvlar ortidan uning deputatlik vakolati tugatildi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi

Qozog‘istonga tegishli kompaniya Afg‘onistondagi Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lini boshqarish huquqiga ega chiqdi. Uning boshqaruvi 2011 yildan beri «O‘zbekiston temir yo‘llari» sho‘ba korxonasida edi. Yangi kompaniya avvalgidan 5 baravar uzunroq liniyaga deyarli 4 baravar arzonroqqa xizmat qiladi.

O‘zbekistonda yanvardagi kabi «blekaut» kuzatilishi mumkinmi?

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov elektr iste’moli oshishi hisobiga mamlakatda yana takroran «blekaut» bo‘lish xavfi bor-yo‘qligi haqida gapirdi. Vazir bunday xavf doim mavjudligini ta’kidlab, «agar cheklovlar kiritilmasa, bu energiya tizimi izdan chiqishiga olib kelishi» mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat yana ishga tushdi

6 dekabrdan «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat yana ishga tushdi. U 21 noyabr kuni «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari sabab yopilgandi.

Davlat xizmatiga o‘tgan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha tartib ishlab chiqildi

Davlat xizmatiga qabul qilingan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bu bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Ko‘chmas mulk va avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji kamaytirildi

6 dekabrdan boshlab mol-mulkni ijaraga berish, qarz shartnomalarini tasdiqlash, avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma olishda to‘lanadigan davlat boji miqdori kamaytirildi. Shuningdek, garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan davlat boji yagona stavka miqdorida belgilandi.

9−12 dekabr kunlari O‘zbekistonda anomal sovuq harorat bo‘lishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» markazi 9−12 dekabr kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida anomal past harorati bo‘lishini ma’lum qildi. 9−10 dekabrda shimolda havo harorati -24 darajagacha pasayishi mumkin.

To‘rtta viloyatda katta miqdorda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent, Andijon, Buxoro va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami narxi 200 mln so‘mdan ziyod pirotexnika vositalarining savdosi aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan tegishli moddalar bilan ish ochildi.

Farg‘ona vodiysida gaz «zapravka»lar faoliyati to‘xtatildi

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz ehtiyoji ortgani bois gaz «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Samarqandda pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringan IIB xodimi jazosiz qoldi

Samarqandda IIB xodimi pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringandi, sud ham buning uchun ayolga chora ko‘rgandi. IIV o‘z xodimiga nisbatan hujjatlarni prokuraturaga yuborgandi. «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, IIB xodimlarining harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagan.

Benzin narxini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga chora ko‘riladi — Antimonopoliya qo‘mitasi

Birja savdolaridagi benzin narxi o‘sishi 10 kundan keyin AYOQSHlardagi narxlarga ta’sir qilishi mumkin. Biroq ayrim hududlarda allaqachon Ai-80 benzini narxi oshmoqda. Antimonopoliya qo‘mitasi benzinga talab oshgan vaqtda narxni asossiz oshirayotgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Toshkent shahrining o‘zida 100 nafardan ortiq bemor koronavirusga chalindi

6 dekabr, seshanba kuni O‘zbekistonda 157 (bir kun avval 120) kishida koronavirus aniqlanib, ularning 106 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.