6−8 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.

Tabiiy ofat quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin tumanida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq,tumani va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.