Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudida 1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan o‘tkazilayotgan sud jarayonining birinchi kuni yakuniga yetdi. Dushanba kuni prokuraturaning ayblovlari o‘qib eshittirildi.

Sudning ikkinchi va uchinchi kunlari sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlari tinglanmoqda. Sudlanuvchilar orasida birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan Azamat Turdanov Dauletmurat Tajimuratov bilan tortishib qoldi va unga qarshi ko‘rsatuv berdi. Deyarli barcha shu yo‘ldan yurmoqda va bo‘lgan voqealarda Dauletmuratni aybdor qilmoqda. Muhokamalar davomida Dauletmurat Tajimuratov o‘zining qonuniy huquqlaridan samarali foydalanib, unga qarshi ko‘rsatma berganlarga savollar bilan murojaat qilyapti.

Shu sabab sud jarayoni anchayin qizg‘in va bahs-munozaralarga boy bo‘lib o‘tmoqda.

Buxoro viloyati sudida muhokamalarni kuzatib borayotgan «Gazeta.uz» muxbiri fotoreportaj tayyorladi.