Nukus voqealaridan so‘ng 516 kishi qo‘lga olingandi. Nega faqat 22 kishi sud qilinmoqda?

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng 516 kishi qo‘lga olingan edi. Mustaqil komissiyaning ma’lum qilishicha, ularning 100 dan ortig‘i jamoat kafilligi asosida va qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirilishi natijasida oilasiga bag‘riga qaytarilgan, qolganlari esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Turdanov Tajimuratovga qarshi ko‘rsatuv berdi

Ayni vaqtda Buxoro viloyati sudida ayblanuvchilar Nukus voqeasi bo‘yicha o‘z fikrini bildirmoqda. Birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan Azamat Turdanov Dauletmurat Tajimuratov bilan tortishib qoldi va unga qarshi ko‘rsatuv berdi.

O‘zbekiston va Ukraina biznes uchun o‘zaro imtiyozlar berishni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev va Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat ishbilarmon doiralariga o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish masalalarini muhokama qildi.

Endilikda barcha attraksionlarda nosozliklar haqida ogohlantirish vositalari o‘rnatiladi

Hukumat qarori bilan barcha attraksionlarda nosozliklar haqida ogohlantirish signalizatsiyasi va tegishli vositalar o‘rnatilishi belgilandi. Shuningdek, attraksionga kirish joyi oldida foydalanishga oid cheklovlar ma’lumoti, so‘nggi ko‘rik sanasi va keyingi tekshiruv vaqti ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Jizzaxda 17 bosh toychoq yonib ketdi

Sharof Rashidov tumanida o‘g‘il otasining mol-mulkni noto‘g‘ri taqsimlaganidan norozi bo‘lib, otxonasini yoqib yubordi. Oqibatda 102 mln so‘mlik 17 bosh toychoq va 145 mln so‘mlik beda g‘arami hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent hokimligi hindistonlik tadbirkorning Jahongir Ortiqxo‘jayevga nisbatan aybloviga munosabat bildirdi

Minerva city, Lake city va boshqa qator loyihalarni amalga oshirayotgan hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalan Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni shantajda aybladi. Hokimlik buni davlat xizmatchisini obro‘sizlantirishga urinish deb e’lon qilib, Bosh prokuraturaga ariza berilayotganini bildirdi.

O‘zbekistonda 10 oyda YTHlar oqibatida 226 nafar bola halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2022 yil yanvar-oktabr oylarida yuz bergan 7636 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1931 kishi halok bo‘ldi, ularning 226 nafari — bolalar. Avvalroq SSV O‘zbekistonda YTHlar oqibatida 5−14 yoshli bolalar o‘limi darajasi Yevropa mamlakatlariga qaraganda 4 baravar yuqoriligini ma’lum qilgan edi.

Jarima ballarini hisoblash tizimi 1 dekabrdan boshlab test rejimida ishga tushiriladi — YHXX

1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash test rejimida ishga tushiriladi. Test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.

Ketma-ket o‘sishdan so‘ng koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamaydi

O‘zbekistonda dushanba kuni 131 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etdi (bir kun avval 137 kishi). Kasallanishlarning aksariyati Toshkent shahrida ekani ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik tenderni noqonuniy yutgani aniqlandi

Qashqadaryoda tashkil etilganiga 3 kun bo‘lgan firma jami 2 601 000 000 so‘mlik issiqxonalar o‘rnatish bo‘yicha tanlovda noqonuniy ravishda g‘olib bo‘lgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, qayta tanlov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Toshkentdagi aholi gavjum hududlarda 170 ta mini-poliklinika ish boshlaydi

Poytaxtning 12 ta tumanidagi ko‘p qavatli uylar hududida 170 ta mini-poliklinika tashkil etiladi. SSV bu aholini oddiy ko‘riklar uchun ham poliklinikaga qatnash ovoragarchiligidan xalos qilishini ta’kidlamoqda. Loyiha natijalari tahlil qilingach, 6 oydan so‘ng boshqa hududlarga tatbiq etiladi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq va cheklovlar ro‘yxati belgilandi

Ko‘chmas mulkka doir yangi qonun bilan yer uchastkasi, bino, inshoot va qurilish jarayonidagi obyektlar, shuningdek, ko‘p yillik daraxtlar va mulkiy majmua sifatidagi korxonalarga 13 turdagi huquqlar yoki cheklovlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilandi. Qonun e’lon qilingandan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

Qashqadaryoda «KamAZ» urib ketishi sabab 9 yoshli qiz vafot etdi

Qamashi tumanida «KamAZ» piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 2013 yilda tug‘ilgan qizni urib ketdi. Jabrlanuvchi og‘ir jarohat olib vafot etdi.

Buxoroda Cobalt haydovchisi IIB xodimi mashinasini urib qochdi

Qorako‘l tumanida Cobalt haydovchisi yo‘lini to‘sgan IIB xodimi mashinasini urib qochdi. U avtomashinani Olot tumanida tashlab ketgani aniqlandi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Banklarda dollar kursi bir necha kunlik o‘sishdan so‘ng tushdi

Tijorat banklarida 1 AQSh dollari 11 285 so‘mdan sotilmoqda, sotib olish kursi esa 11 210 — 11 270 so‘m oralig‘ida.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan Bosh prokuratura akademiyasi negizida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi. Muassasada 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat va magistratura o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

Qatar-2022: Futbol bo‘yicha jahon chempionati tafsilotlari

Pley-off bosqichiga kimlar yo‘l oladi? Ehtimoliy ssenariylarni ko‘rib chiqamiz

JCH-2022`da guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Fransiya, Braziliya va Portugaliya terma jamoalari keyingi bosqichga chiqish masalasini oldindan hal qilib qo‘yishdi. «Gazeta.uz» so‘nggi tur oldidan qaysi terma jamoalarda pley-off bosqichiga chiqish uchun imkoniyatlar yuqoriroq ekanligini tahlil qiladi.