O‘zbekistonda ketma-ket o‘sishdan so‘ng kovid bilan kasallanishlar soni biroz pasaydi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. 28 noyabr kuni respublikada 131 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Bir kun oldin 137 kishi virus yuqtirgani aytilgandi.

So‘nggi sutkada qayd etilgan kasallanishlarning 80 nafari (61 foizi) Toshkent shahrida ekani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Samarqandda 23 kishi, Namangan va Buxoroda 10 nafar shaxsda virus aniqlandi.

O‘zbekistonda koronavirus rasman qayd etilgan 2020 yilning mart oyidan boshlab hozirgacha kovidga chalinganlar soni 246 mingdan ortiqni tashkil etadi.