26 noyabr kuni ertalab soat 8:10 larda A-373 Toshkent-O‘sh-Andijon avtomagistralining 389−390- kilometrlari oralig‘ida “Isuzu” avtobusi va “Fura” yuk mashinasi to‘qnashib ketdi.

SSVning hududiy boshqarmasi ma’lumotiga ta’nib ma’lum qilishicha, to‘qnashuv natijasida jami 41 nafar fuqaro jarohat olgan, shulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan.

38 nafar yo‘lovchi turli xil jarohatlar bilan Bo‘ston tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga olib kelingan. “Ularning holati zudlik bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olindi”, — deyiladi xabarda.

Bemorlardan 3 nafarida ushbu ixtisoslashgan brigadalar tomonidan jarrohlik amaliyoti bajirildi. Barcha jabrlanganlar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jarohat og‘irligiga ko‘ra, Bo‘stondan Shahrixondagi qo‘shma shikastlanishlar markaziga 17 nafari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga 10 nafari “Tez yordam” mashinalari orqali yetkazilgan.

Ayni paytda ularga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori D.To‘laganov boshchiligida voqea joyiga tezkor yetib borgan brigadalar tomonidan tegishli davolash standartlari asosida chuqurlashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozir Bo‘ston tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida 11 nafar bemor davolanayotgan bo‘lib, ulardan 3 nafarida jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi.