25 noyabr kuni O‘zbekistonda 124 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV. Bu ko‘rsatkich oxirgi marta iyun oyida qayd etilgandi (26 iyun — 133 kishi).

Aniqlangan kasallanish holatlarining 80 nafari Toshkent shahrida. Toshkent viloyati va Samarqandda — 8 nafar, Namanganda — 9 nafar. Buxoroda ham 6 kishi virusga chalingani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda kasallik yuqtirganlaring umumiy soni 245,7 mingga yetdi.