«O‘zgidromet» markazining ma’lumot berishicha, juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ertalab respublika shimolida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarga tuman tushishi hisobiga ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

Harorat foni kechagi kunduziga nisbatan biroz past, ammo yetarli darajada yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududlarida havo xarorati +15…+17 darajagacha, janubda esa +20 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga markazi Qozog‘iston ustida bo‘lgan sovuq antitsiklon ta’sir etadi. Havo harorati kechalari +3…+8 darajagacha, kunduz kunlari +8…+13 darajagacha pasayadi.

Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.

Sovuq havo kirib kelishi natijasida shimol va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.