22 noyabr kuni Farg‘ona tumanida bedarak yo‘qolgan ayolning murdasi topildi, deya xabar bermoqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ayolning turmush o‘rtog‘i Sh. X. 22 noyabr kuni Farg‘ona tumani IIBga murojaat qilib, unda Hosilot MFY Yakka tut ko‘chasida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i I.X. shu kuni kuni soat 03:00 larda hech bir sababsiz yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida bedarak yo‘qolgan fuqaro I.X.ning murdasi 24 noyabr kuni Qirg‘izistonning Batken viloyati, Qadamjoy tumani, Halmiyon qishlog‘idan oqib o‘tgan beton ariqdan topildi.

Sud tibbiy ekspertizasi tomonidan o‘sha kuni marhuma I.X.ga «nafas yo‘llarining suv bilan to‘lishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, boshini peshona tepa sohasida lat, yara va yumshoq to‘qbmasiga qon quyilishlar» dastlabki tashxisi qo‘yildi.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.