Uzbekistan Airways bayram munosabati bilan barcha aviaqatnovlarga chegirma taqdim etadi, deb xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan 25 noyabrdan 8 dekabrgacha bo‘lgan sotuv davrida aviakompaniyaning barcha muntazam aviaqatnovlaridagi ekonom va biznes klass chiptalariga 8% chegirma taqdim etadi.

Aviachiptalarni aviakompaniya www.uzairways.com sayti, mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali, agentliklardan va aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari orqali xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qishki ta’til munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga 22 dekabrdan 10 yanvargacha Uzbekistan Airways tomonidan 50% chegirma taqdim etilishi xabar qilingandi.