Social Progress — jamoat xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligi sohasida ilg‘or yechimlarni joriy qiluvchi IT-kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya fuqarolarning hayotini yanada qulay va xavfsizroq qilish uchun yagona markazlashtirilgan yondashuvni taklif qiladi.

Social Progress yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini (ATSS) ishlab chiqadi, yo‘l harakati qoidalari va tezlik chegaralarini foto-video qayd etish uchun ixtisoslashtirilgan majmualarni joriy qiladi. Bundan tashqari, u sun’iy intellekt va neyron tarmoqlari sohasidagi ishlanmalar bilan shug‘ullanadi.

Social Progress Samarqanddagi ICTWeek 2022 va Toshkentdagi Securex 2022 kabi yirik ko‘rgazmalarda o‘z yechimlarini taqdim etdi.


Majmualarni joriy etishning samaradorligi

2020 yildan 2022 yilning birinchi ярмигақадар O‘zbekistonda 20 542 ta YTH sodir bo‘lgan, buning oqibatida 18 596 kishi jabrlangan, 5172 kishi halok bo‘lgan. IIV JXP YHXX ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari — tezlikni me’yordan oshirish yoki yo‘llar va ko‘chalarning transport oqimi uchun yaroqsizligi oqibatida yuzaga kelmoqda.

Yo‘l harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari svetoforda transport vositalari oqimini tartibga solishga va yo‘l kesishmalarida ularning kutish vaqtini kamaytirishga yordam beradi. Tizim vositalari svetoforning avtomatik va sinxron ishlashini ta’minlaydi, “qizil” va “yashil” yo‘laklarni yaratib, transport vositalari va piyodalar uchun yo‘l harakati xavfsizligini oshiradi.

Yo‘l harakati qoidalari va tezlik me’yorlarini buzish holatlarini foto va video qayd etish tizimi, ATSS kabi, yo‘llarda transportning harakatlanishini optimallashtirishga yordam beradi. Tizim avtomatik tarzda ikki yo‘nalishda 18 tagacha qoidabuzarliklarni qayd etib, jami 12 tagacha yo‘lni ajratuvchi bo‘laklarni qamrab oladi. Shuningdek, avtotransport vositalarining raqamlarini avtomatik ravishda aniqlay oladi, statistikani yuritadi va ularni tasniflay oladi. Ushbu majmua portativ, mobil va statsionar rejimlarda ishlatilishi mumkin.


ATSS, shuningdek, yo‘l harakati qoidalarini buzish va tezlikni cheklash to‘g‘risidagi foto va video qayd etish tizimini joriy etilishi taxminiy ravishda quyidagi holatlarni kamaytiradi:

  • avtomobillarning chorrahalarda qolib ketishini — 20 foizga;
  • to‘xtab turishlar sonini — 25 foizga;
  • YTHlar sonini — 15 foizga.

Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va qoidabuzarliklarni foto va video qayd etish moslamalaridan foydalanish natijasida harakatning o‘rtacha tezligi 30% oshishi mumkin.

Social Progress yechimlari

Social Progress tizimlari bir qator zamonaviy yechimlarni o‘z ichiga oladi. Barcha komplekslar har qanday turdagi qoidabuzarliklarni tezroq aniqlash va transport vositalarini (yengil, yuk va yo‘lovchilarni tashish mashinalarga) tasniflash uchun sun’iy intellekt imkoniyatidan foydalanadi.

“Kordon.Pro” majmuasi yo‘llarning to‘g‘ri qismlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun ishonchli va muammosiz vositalardan biridir. Qurilma belgilangan tezlikni nazorat qiladi va 12 dan ortiq yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari, jumladan, xavfsizlik kamarini taqmaslik va avtomobilni boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanishni qayd etadi.

Energiya tejamkorligi tufayli qurilma akkumulyator quvvatida uch kungacha qayta zaryadlanmasdan ishlashi mumkin. “Kordon.Pro” boshqaruv hududida yo‘l harakati qoidalari buzilishini avtomatik tarzda begilaydi va barcha kerakli dalillar bazasini shakllantiradi.

“Kordon.Pro"ning asosiy xususiyatlari:

  • 2 dan 300 km/soatgacha tezlikni avtomatik o‘lchash va yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto va videoga olish;
  • majmua avtomobilga o‘rnatilsa, harakat vaqtida ishlash;
  • statsionar, mobil va portativ ish rejimlarini oson va tez almashtirish;
  • transport vositalarini raqamini aniqlash va tasniflash, xotiraga yuklangan ma’lumotlar bazalarini tekshirish.e


“Kordon-Kross” kompleksi har qanday murakkablikdagi chorrahalarning xavfsizligini ta’minlaydi. Effektiv avtomatlashtirilgan nazorat 20 dan ortiq turdagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish, avtotransportlarning raqamlarini aniqlash va ularni qiduvini amalga oshirish imkonini beradi.

“Kordon-Kross” modullardan iborat bo‘lgani uchun uni osonlik bilan kengaytirish mumkin. Tezlik rejimini boshqarish uchun video sensorlar qo‘shimcha ravishda radarlar bilan jihozlanish imkoniyatiga ega.

“Parkon-A” — qidiruvdagi transport vositalarini tezda aniqlashga yordam beruvchi mobil tizim. Shuningdek, u to‘xtash va to‘xtab turish, piyodalar o‘tish yo‘lida to‘xtab olish, qolaversa, yo‘nalishlari transport vositalari to‘xtashi va to‘xtab turishiga oid qoidalarning buzilishini qayd etadi.


“Parkon-A” uskunasi har qanday yo‘nalishdagi transport vositalariga (avtobus, tramvay, trolleybus) yoki yo‘l harakati politsiyasining (YHP) patrul avtomobillariga o‘rnatilishi mumkin. Yozib olingan va qayta ishlangan ma’lumotlar real vaqtda simsiz aloqa kanallari orqali serverga uzatiladi. Kompleks avtomobil raqamlarini avtomatik aniqlash va turli ma’lumotlar bazalari orqali avtomobillarni tekshirishni ta’minlaydi. “Qidiruv” rejimi orqali operator tezlik bilan ma’lumotlardan xabardor bo‘ladi.

Social Progress yechimlari haqida ko‘proq ma’lumotni telefon orqali olish mumkin: (+998) 99−370−97−67.

Sayt: cordon.uz

Reklama huquqlari asosida.