O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

G‘ofurjon Mirzayev 2016 yilning 15 dekabridan buyon Sirdaryo viloyatini boshqarib kelayotgan edi.