Kompaniya UZDIGITAL TV yildan yilga o‘z xizmatlarining sifatini oshirib, abonentlar uchun rom etuvchi operatorga aylanib bormoqda.

UZDIGITAL TV rus va ingliz tillarida efirga uzatiladigan, dunyoga mashhur Setanta 1 va Setanta 2 telekanallarini efirga uzatish uchun eksklyuziv huquqni qo‘lga kiritganini mamnuniyat bilan e’lon qildi.

Endilikda sport muxlislari yirik futbol ligalari va dunyoning mashhur sport musobaqalari — APL, La Liga, NBA, ATP, F1, UFC, NHL va boshqa ko‘plab musobaqalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalarini O‘zbekiston bo‘ylab HD sifatda tomosha qilish imkoniyatiga egalar.

Shuningdek, avval kompaniya quyidagi telekanallarni translyatsiya qilish uchun litsenziya huquqini olgan edi: “TV1000”, “TV1000 Russkoye Kino”, TV1000 Action, Viasat Explore, Viasat History, Viasat Sport, Viasat Nature, Viasat Da Vinci, Discovery Channel, Animal Planet, Discovery Science HD, Travel Channel HD va Eurosport 1 HD. Kompaniya bu yo‘nalishdagi ishlarni yana davom ettiradi.

Kompaniya xizmatlariga Telegram-bot orqali onlayn so‘rov qoldirishingiz yoki 1065 telefoniga qo‘ng‘iroq qilib UZDIGITAL TV xizmatlariga ulanishingiz mumkin.

UZDIGITAL TV — yuqori sifatli televideniye.

Reklama huquqlari asosida.