Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati Toshkent viloyati Parket tumanida qizlar yigit talashib janjallashgani aytilayotgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Mazkur holat tuman IIB xodimlari tomonidan o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, videodagi voqea, 2022 yilning iyun oyida, Parkent tumani 43-maktabning 2 nafar, 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan bitiruvchi (o‘quvchi) qizlari o‘rtasida kelib chiqqan.

Shu kunga qadar, ular yoki yaqinlari tomonidan Ichki ishlar organlariga mazkur voqea bilan bog‘liq murojaat yoki ariza kelib tushmagan. Voqea janjalni tomosha qilgan 2002 yilda tug‘ilgan yigit S.Z. tomonidan tasvirga olingan va bugungi kunga kelib internet tarmoqlarida tarqatilgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

O‘rganish davomida ushbu shaxslarning xatti-harakatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari bo‘lganligi sababli, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.