«Investorlar O‘zbekiston deganda barqarorlik va kelajakka ishonchni tasavvur qilishiga intilayapmiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Parijda «Airbus», «Orano», «Suez», «Alstom», «Total Eren», «EDF» kabi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. U fransiyalik tadbirkorlarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatlangan xaridlar vositasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

FTA O‘zbekistondagi 1 mlrd yevrolik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida 2025 yilgacha bo‘lgan strategik hamkorlik dasturi imzolandi. U 1 milliard yevrodan ortiq loyihalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi.

Toshkentdagi birinchi pullik avtoturargohlar qayerlarda tashkil etiladi?

Toshkent shahar transport boshqarmasi birinchi pullik avtoturargohlarni joylashtirish bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. 10 ta markaziy ko‘chada 57 ta parkomat o‘rnatgan holda 2251 ta to‘xtash joyi tashkil etiladi. Shuningdek, 2 ta evakuator va 2 ta qoidalarni nazorat qiluvchi elektron tizim (parkon) xarid qilinadi.

O‘zbekistonda 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan 9 oy davomida 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Xususan, xalq ta’limi tizimida 47 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlashda 30 mlrd so‘mga yaqin qonun buzilishi holatlari aniqlandi. «Bunday holatlar yildan-yilga oshib bormoqda», — deyiladi quyi palata xabarida.

«Bitta vazirlik boshqalarning ustidan qo‘riqchi bo‘lishi bilan muammo hal bo‘lmaydi» — Timur Ishmetov

Qo‘yi palataning navbatdagi majlisida O‘zbekistonda qariyb 705 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Moliya vaziri Timur Ishmetov bunga javoban budjet taqsimotini to‘g‘ri amalga oshirishda barcha vazirliklar javobgar ekanini aytib, ularni mas’uliyatli faoliyat olib borishga chaqirdi.

Aziz Abduhakimov Yaponiyaning oliy darajadagi ordeni bilan taqdirlandi

Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiya imperatoridan «Chiqayotgan quyosh katta kordon» ordenini qabul qilib oldi. Yaponiyaning eng qadimiy ordeni ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shilgan ko‘p yillik xizmatlar uchun berildi.

Toshkent ko‘chalaridagi yoritkichlar tunda o‘chirilishi ortidan elektr sarfi 25 foizga kamaydi

Toshkent ko‘chalarini salkam 140 mingta chiroq yoritadi, bir oyda 29,5 mln kVt soat yoki 13 mlrd 279 mln so‘mlik elektr energiyasi sarflanadi. Tungi vaqtlarda chiroqlarni o‘chirib qo‘yish orqali 25% elektr energiyasi tejalmoqda, deya qayd etdi «Toshshaharnur» DUK. Bu 4400 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.

Jizzaxda mast er xotinini urib o‘ldirgani aytilmoqda

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida mast erkak shar’iy nikohida bo‘lgan xotinini «nega meni haqorat qilasan», deya kaltakladi. Oqibatda ayol olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etdi.

Samarqandda 5 mashina ishtirokidagi YTHda 1 kishi vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida Lada Granta, Cobalt, Damas, Lacetti va Tico ishtirokida avariya sodir bo‘ldi. Oqibatda Damas haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi.

Qashqadaryoda 17 yoshli qiz is gazidan vafot etdi

Qarshi shahrida ijarada yashovchi qiz hammomda iz gazining ko‘payib ketishi oqibatida zaharlanib, vafot etdi. Shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshladi. 17 yoshli qiz noyabrda is gazi sabab vafot etganlarning oltinchisi bo‘ldi.

Germaniyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Germaniya turistik assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Fiyebig bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Germaniyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.

Noqulay ob-havo sabab Urganch aeroporti uchta aviareysni qabul qila olmadi

Urganch xalqaro aeroporti quyuq tuman va ko‘rish masofasi 300 metrdan kam bo‘lganligi sababli 3 ta aviareysni qabul qila olmadi. Moskva — Urganch yo‘lovchi reyslari Navoiy va Buxorodagi muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.

Samarqandda qimorxona ochgani aytilgan mahalla raisi ishdan olindi

Tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi mahalla raisi qimorxona ochgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi rais vakolati muddatidan oldin tugatilganini ma’lum qildi.

Tijorat banklari dollar kursi bo‘yicha takliflarni pasaytirdi

22 noyabr kuni banklarda dollar 11 260 so‘mdan sotilmoqda, sotib olish kursi esa 11 240 — 11 175 so‘m oralig‘ida.