O‘zgidromet markazi hafta davomida — 21 noyabrdan 25 noyabrgacha bo‘lgan davrdagi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining ba’zi joylarida frontal bulutli chiziqlar o‘tishida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Kunduzi havo harorati +13…+15 daraja, janubda +18…+21 daraja atrofida bo‘ladi.
Seshanba kunidan ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni +6…+8 darajaga ko‘tariladi. Shuningdek, seshanba kuni kunduzi harorat +15…+17 darajagacha, so‘ng esa +18…+20 daraja, ayrim joylarda esa +23 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida seshanbaga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
21−22 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor, respublikaning ayrim joylarida shamol 15−20 m/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.