Toshkent shahridagi Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 20 noyabr kuni soat 9:00 dan 22 noyabr soat 22:00 ga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Qatortol ko‘chasi bilan kesishmasidan Farhod ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘i qisman yopiladi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.