Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida o‘z farzandini $35 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O’zbekiston24 telekanalida efirga uzatilgan lavhadan ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi tanishidan pul olish maqsadida qornidagi 7 oylik homilani kesarcha kesish usuli bilan dunyoga keltirib berishni taklif qilgan.

Ammo chaqaloqni sotib olmoqchi bo‘lgan shaxs 9 oydan keyin bolani olishini, ungacha pul bermasligini aytadi.

«Sudlanuvchining fikricha, u chaqaloqni o‘zining 15 yillik tanishiga farzandi bo‘lmagani va moliyaviy ahvoli yomonligi sabab sotmoqchi bo‘lgan», deyiladi xabarda.

Shuningdek, ayol o‘z uyi va doimiy ish joyiga ega emasligi, qaramog‘ida buvisi va yana 6 yoshli bolasi borligi sabab moliyaviy qiyin holatdan chiqib ketish uchun ham shunday qilgani ma’lum bo‘ldi.

Bektemir tuman sudi holat yuzasidan hukm o‘qib, ayolni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3 qismi «A» bandi bilan aybdor deb topilib, JK 57-modda asosan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llandi.