Humo Arena’da #wearethechildren xalqaro fotosuratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ekspozitsiya yosh bolalar tarbiyasi va ta’limiga bag‘ishlangan II Butunjahon konferensiyasi arafasida ochildi. Marosimda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, Shahnoza Mirziyoyeva huzuridagi Maktabgacha ta’lim sohasida siyosatni shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i, YUNESKO, YUNISEF va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmadan maqsad maktabgacha yoshdagi bolalarni voyaga yetkazish va tarbiyalash bilan bog‘liq muammolariga e’tiborni qaratishdir.

Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikadan kelgan fotosuratchilar bolalik olamiga yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida harakat qilishdi. Tanlov uchun tanlab olingan 200 ta fotosuratdan tanlovda MTV tomonidan yuzga yaqini ko‘rgazma uchun saralab olindi. Ko‘rgazmani tayyorlash jarayoniga xalqaro ekspert, prodyuser Benua Delplank jalb etildi.

Reportaj va portret janrlaridagi asarlar maktabgacha ta’lim tizimi qanday ishlashi bilan tanishtiradi. Fotosuratchi Melani Kuper Tinch okeanidagi Kuk orollari orasida eng kattasi bo‘lgan Rarotonga orolida #wearethechildren seriyalarini suratga oldi. U yerda erta rivojlanish ta’lim dasturi har bir bolaga uning ijtimoiy, hissiy, jismoniy va ma’naviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda har tomonlama yondashiladi. Bu atrof-muhitni, tabiatni o‘rganish bilan bevosita bog‘liq.

Fotosuratchi Martin Xarumva bolalar bog‘chalari haqida so‘zlab beradi. U ularni Kongo Respublikasida davom etayotgan urush tufayli 180 000 nafar qochqin joylashtirgan janubi-g‘arbiy Ugandadagi Nakivale qishlog‘ida olgan. Kattalar ta’limdagi kamchiliklarni oldini olish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish uchun qiyin sharoitlarda imkoniyatlar topishga harakat qilishmoqda.

Toshkentlik fotograf Ernest Kurtveliyev ko‘rgazma uchun suratlar olishga Qashqadaryo viloyatining chekka qishloqlariga borib, Qibray tumanidagi «Imkon» reabilitatsiya markazida ham bo‘ldi.

«Bolalarning yuzlariga nazar tashlasangiz, ularning har biri kasallik bilan qanday kurashayotganini tushunasiz. Samimiy his-tuyg‘ular shunchalik ko‘pki, bu juda ta’sirli. Har safar shunday muhitga sho‘ng‘iganimda hayajonga tushaman», — deydi Ernest Kurtveliyev.

Ernest Kurtveliyev.

Ekspozitsiya maydonining o‘rtasidagi «ildiz otgan» nurli kengaytirilgan daraxt ko‘rgazma ramzi bo‘ldi.

Butunjahon konferensiyada Maktabgacha ta’lim vazirligining elchisi bo‘lgan xonanda Lola Yo‘ldoshevaning aytishicha, tadbirning asosiy mazmuni uning timsolida yotadi — ta’lim birinchi qadamlardan boshlanishi kerak.

«Daraxt hayot aylanish jarayonini, avlodlar almashinuvini anglatadi va ildizlar yerga chuqur kirib borgandagina gullash mumkinligini eslatadi. Farzand tarbiyasida o‘z tarix va madaniyatingizni bilish ham muhim», — deydi Lola Yo‘ldosheva.

Humo Arena’da #wearethechildren xalqaro fotoko‘rgazmasi 20 noyabrgacha soat 11:00 dan 17:00 gacha tomoshabinlar uchun ochiq. Kirish bepul.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ko‘rgazmada taqdim etilgan fotosuratlar #wearethechildren Uzbekistan global kolleksiyasining bir qismiga aylanadi va ularning mualliflari rag‘bat sifatida birga sayohatga qo‘shilishlari va Parijdagi ana shunday ko‘rgazmada o‘z ishlarini shaxsan taqdim etishlari mumkin.