Buxoro viloyati IIB tomonidan maktab o‘qituvchisining o‘quvchilarni kaltaklashi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi boshqarma matbuot xizmati.

15 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchining o‘quvchilarga yaqinlashgani, so‘kkani, boshi va orqa qismiga urgani aks etgan video tarqalgandi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hodisa Buxorodagi 4-sonli maktabda sodir bo‘lganiga oydinlik kiritdi. Vazirlik ham ushbu holatni tekshirmoqda.