15 noyabr kuni dunyo aholisi soni 8 mlrd chegarasidan o‘tdi. Bu haqda BMT o‘zining World Population Prospects 2022 prognozlariga asoslangan holda xabar berdi.

Shuningdek, hisobotda aytilishicha, 2030 yilda dunyo aholisi 8,5 mlrdga, 2050 yilda 9,7 mlrdga, 2080 yilda esa 10,4 mlrdga yetishi prognoz qilinmoqda. Ma’lumotlarda 2100 yilga kelib 2080 yilgi holat saklanib qolishi kutilayotgani keltirilgan.

Bundan tashqari, BMT Hindiston 2023 yilda dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlatga aylanishi haqidagi prognozni ham keltirmoqda.

Umuman olganda, dunyo ancha yuqori sur’atlarda o‘sishda davom etayotganiga qaramay, raqamlarning ko‘payishiga turli mintaqalar va mamlakatlarning hissalari bir-biridan keskin farq qiladi. Tug‘ilish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar aholi jon boshiga eng past daromadga ega. Shunday qilib, dunyo aholisining o‘sishi vaqt o‘tishi bilan dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida jamlangan bo‘lib, ularning aksariyati Sahroi Kabirdan tortib janubiy Afrikagacha joylashgan mamlakatlardir.

Umumiy suratga qaraydigan bo‘lsak, Yevropada 2050 yilga kelib aholi soni 10%ga kamayishi kutilmoqda, Yevropa esa eng tez o‘suvchi mintaqa bo‘lib qolmoqda.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ayni paytda global o‘rtacha ko‘rsatkichlar jiddiy mintaqaviy farqlarni yashirmoqda. Shunday qilib, BMT prognozlariga ko‘ra, 2050 yilga kelib aholi o‘sishining yarmidan ko‘pi bor-yo‘g‘i sakkizta davlatga to‘g‘ri keladi: Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya.