2022 yilning III choragida Moskvadagi ofis ko‘chmas mulk bozori pasayishni qayd etdi. Bu holat, ayniqsa premium segmentdagi biznes markazlariga tegishli bo‘lib, bu bo‘sh maydonlarning 15% ini tashkil etadi.

Knight Frank kompaniyaning tahliliy hisobotiga ko‘ra, joriy yilning II choragida Moskvadagi bo‘sh ofis maydonlari 6,6% bo‘lgan bo‘lsa, III chorak so‘ngida bu ko‘rsatkich 8,6% ga yetdi.

Yangi takliflar kiritish soni pastligicha qolmoqda. 2021 yilning 9 oyi davomida foydalanishga topshirishning umumiy hajmi 497,6 ming kv.metrni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning mos davriga kelib bu ko‘rsatkich qariyb 183,4 ming kv. metrgacha kisqardi. Iqtisodiy vaziyatning beqarorligi tufayli ofis obyektlarining minimal foydalanishga topshirilishi qayd etilgan, ko‘plab biznes markazlari qurilishi to‘xtatildi va yangi qurilishni boshlash maqsadga muvofiq emasdek ko‘rinmoqda.

Taklif hajmining dinamikasi

Spot nashrining yozishicha, «Commonwealth Partnership» agentligining ko‘chmas mulk bo‘limiga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Dubay, Turkiya kabi mamlakatlarga biznesni ko‘chirish bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

«Poytaxtda bo‘sh turgan ofis xonalari soni ortib bormoqda, lekin ularga bo‘lgan talab bu darajada emas. Mutaxassislar bu tendensiya kelgusi yilda ham davom etishini taxmin qilishmoqda», — dedi kompaniya boshlig‘i Natalya Nikitina.

Unga ko‘ra, Moskva ofis bozorining uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari avvalgidek, qizil zonada bo‘lib, keskin tendensiya uchun zarur shart-sharoitlar yil oxirigacha o‘zgaradi.

«Yil oxirigacha yuqori sifatli ofislarning eng yirik ijarachilari (asosan, Rossiyadan chiqib ketishlarini e’lon qilgan brendlar) bo‘sh joyni qisqartirish yoki ijara shartnomalaridan voz kechish to‘g‘risida qaror qabul qilishlarini kutamiz», — dedi u.

Ushbu vaziyatning natijasi ijara stavkalarida va 2023 yilning birinchi yarmida bo‘sh maydonlar ulushida aks etadi.

«Bizga Qozog‘iston, O‘zbekiston, Dubay, Belgrad, Turkiyaga biznesni ko‘chirish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar tushmoqda. U yerda transport va istalgan joyda ofislarni ijaraga olish mumkin», — dedi u.

Fevral oyida bu tendensiya sezilarli bo‘ldi, keyin uning intensivligi pasayib, sentabrda yana oshdi.

Kompaniya kuzatuvlarining fikricha, hozirda eng yuqori talab O‘zbekiston va Qozog‘istonda mavjud. Lekin Armaniston, Gruziyada esa talab kam. Chunki bu mamlakatlarda ofis maydoni cheklangan, deya qo‘shimcha qildi Natalya Nikitina.

Prognozlarga ko‘ra, biznes markazlari egalari ijara stavkalarini pasaytirishga hali tayyor emas. Talabning qisqarishi va bo‘sh ish o‘rinlarining biroz o‘sishiga qaramay, joriy yilning to‘qqiz oyi uchun ijara stavkalarida minimal o‘zgarishlar bo‘ldi. IBC Real Estate prognozlariga ko‘ra, 2022 yil oxirida ijara stavkalari 5−15% oralig‘ida pasayishni ko‘rsatadi va 2023 yilda bu ko‘rsatkich minimal darajaga yetadi.

Shuningdek, mutaxassislar Moskvadagi ofis ijarasi bozori 2024 yilga kelib to‘liq tiklanishiga umid bidirmoqda.