O‘zbekiston investitsiya va tashqi savdo vazirligi qoshidagi eksportni rag‘batlantirish Agentligi ko‘magida, “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi qoshidagi To‘qimachilik mahsulotlari marketingi va reklamasi agentligi (TRMA) tomonidan 2022 yil 15 dan 17 noyabrgacha Varshavadagi Ptak Warsaw Expo (Ptak) ko‘rgazma markazida Fast Textile Fair — Xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida mahalliy to‘qimachilik kompaniyalarning ishtiroki taminlanmoqda.


Fast Textile Fair ko‘rgazmasida potensial mijozlar bilan bevosita suhbat qurish, bozorga olib chiqish va yangi mahsulotlar va xizmatlarni targ‘ib qilish imkoniyatlari mavjud. Ko‘rgazma ijodiy taqdimotlar, tayyor mahsulotlar va namunalar yoki noan’anaviy loyihalar bilan boyitilgan qiziqarli, batafsil taklifni tayyorlash uchun qulay platforma hisoblanadi.


Ko‘rgazma bo‘limlari:

  • to‘qilgan va trikotaj matolar;
  • tayyor mahsulotlar;
  • bichish uchun aksessuarlar va butlovchilar;
  • uy-to‘qimachilik maxsulotlari;
  • seminarlar, kurslar, treninglar;
  • xizmatlar.

Fast Textile Fair ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun mahalliy to‘qimachilik kompaniyalar TRMA agentligiga murojaat qilishdi, sababi uning asosiy faoliyati nafaqat mahalliy to‘qimachilik kompaniyalariga ko‘rgazmalarda qatnashishda ko‘maklashish, balki maxsulotlarni eksport qilishda xam ko‘mak berish.


TRMA agentligining muvofiqiyatga erishgan ishining yorqin namunasi — Iteca Exhibition kompaniyasi xamkorligida bo‘lgan UzTextile Expo Autumn 2022 Xalqaro ko‘rgazmasini tashkil qilganidir.

Bu ko‘rgazma yiliga ikki marta o‘tkaziladi va xaridorlarga mahsulotlarini ularning profiliga mos keladigan to‘liq shaklda taqdim etish uchun lokatsiya, shuningdek, ko‘rgazma to‘qimachilik sanoatining barcha tarmoqlari o‘rtasida tijorat aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi. Bu 5000 dan ortiq mahalliy va xorijiy mexmonlar tashrif buyurgan jahon ko‘rgazmalari asosida modellashtirilgan tadbir.

Ko‘rgazmada Italiya, Germaniya, BAA, Hindiston, Turkiya, Belarus, Rossiya va boshqa xorijiy davlatlar ishtirok etishdi.

To‘qimachilik sanoati ishtirokchilari bilan bir qatorda logistika, sug‘urta, bank, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar xam qatnashdi. To‘qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilarining treninglari va moda namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Undan tashqari, V2 V uchrashuvlari tashkil etilib, unda 120 dan ortiq taniqli to‘qimachilik kompaniyalari va taxminan 500 mln dollarga shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, TRMA agentligi kompaniyalarni 2023 yil 10 dan 13 yanvargacha Germaniya shaxri Frankfurt-na-Mayne Messe Frankfurt Exhibition Centre ko‘rgazma markazida o‘tkaziladigan Heimtextil 2023 Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Shu va boshqa xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmalari haqida batafsil ma’lumotni iOS va Android platformalarida mavjud bo‘lgan Textile Map mobil ilovasida topish mumkin.

Dastur sohadagi kompaniyalar ro‘yxati, to‘qimachilik yangiliklari shuningdek, xorijda va mamlakat ichida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar haqida ma’lumotni keng tarqatish uchun yaratilgan.

Batafsil ma’lumotni tpma.uz sayti orqali olish mumkin.

Telefonlar: (+998) 97−149−90−04, (+998) 98−272−88−44, (+998) 97−762−81−18.

Reklama huquqlari asosida.