13 noyabr kuni O‘zbekistonning 15 ta shahridan 50 mingdan ziyod ishtirokchi Davlat bayrog‘ini qabul qilish kuni arafasida tashkil etilgan Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shildi. Ommaviy yugurish musobaqasi Markaziy Osiyoda tashkillashtirilgan ommaviy sport tadbirlaridan biriga aylandi.

Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Qo‘qond, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarqand, Toshkent, Termiz, Urganch, Farg‘ona va Chirchiq aholisi “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu sport-vatanparvarlik tadbirida ishtirok etdi.

13 noyabr kuni ommaviy sport turli yoshdagi minglab insonlarni O‘zbekiston bayrog‘i ostida birlashtirdi. Toshkent shahrida ushbu musobaqa birdaniga uchta manzilda tashkil etildi: tajribali yugurish havaskorlari “Yangi O‘zbekiston” parkida birlashgan bo‘lsa, “Ashxobod” sayilgohida oilaviy ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi hamda besh mingga yaqin yugurish havaskorlari Humo Arena maydonida to‘plandi. Sport TV telekanalida tadbirning jonli efiri va hududlardan ulanishlar tashkil etildi.

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov va O‘zbekiston Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Shuhrat Holmuhammedov ishtirokchilarga tabrik nutqi bilan murojaat qildi.


Qurolli kuchlar akademiyasi kursantlarining musobaqalar trassasi bo‘ylab O‘zbekiston davlat bayrog‘ining 40-metrlik matosi bilan masofani bosib o‘tishi eng yorqin taassurot qoldirgan lahzalarning biriga aylandi.

Mamlakat hududlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida sport bayramini o‘tkazishga katta tayyorgarlik olib borildi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining marshruti 14 ta shaharning har birida, fuqarolar uchun o‘zgacha ahamiyatga ega bo‘lgan, madaniy va tarixiy joylar bo‘ylab maxsus ravishda ishlab chiqildi. Misol uchun, Nukus shahrida musobaqaning final nuqtasi sifatida Saviskiy muzeyi yonidagi markaziy maydon, Buxoroda — Poyi Kalon majmuasi, Jizzaxda — Sh. Rashidov nomidagi maydon tanlandi, Samarqandda esa ommaviy yugurish musobaqasi — Силк Роад Самарканд yangi turistik markazi hududida bo‘lib o‘tdi.


Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalari tobora haqiqiy xalq harakatiga aylanib bormoqda. Adolatli raqobat shartlarini ta’minlash maqsadida ommaviy yugurish poygalarida professional bo‘lmagan yugurish havaskorlari o‘z kuchini va ko‘nikmalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tashkilotchilar alohida e’tiborni imkoniyatlari cheklangan yuguruvchilar uchun trassa xavfsizligini ta’minlashga qaratdi.


Yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov, keng ko‘lamli Yangi Nafas ommaviy sport yugurish musobaqasini tashkillashtirish uchun butun mamlakat bo‘ylab 300 dan ortiq volonterlar jalb qilinganligini, 345 ta murabbiy va hakamlar uchun o‘quv treninglari o‘tkazilganligini ta’kidlab o‘tdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ko‘magida O‘zbekistonning 85 ta oliygohidan 27 mingdan ziyod talaba Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Hamma ishtirokchilarga bayram ramzi tushirilgan futbolkalar, g‘oliblarga esa — medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Muhim davlat sanalarini nishonlashga bag‘ishlangan sport tadbirlarining o‘tkazilishi so‘nggi yillarda xayrli an’anaga aylanib qolgan. Shu kabi keng ko‘lamli sport musobaqalarining tashkil etilishi alohida ramziy ma’noga ham ega — sportchilar O‘zbekiston bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, g‘alaba qozonmoqda va pedestalga ko‘tarilmoqda.


Sport yurtning yangi avlodi hayotining ajralmas qismiga aylanib qoldi. Sport sohasidagi yutuqlar barcha fuqarolarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash uchun xizmat qiladi, respublikamizning bayrog‘i esa xalq birligining timsollashtiradi.


Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Toshkent shahar hokimiyati, Yoshlar ishlari agentligi, Kasabalar federatsiyasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi hamda O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Reklama huquqlari asosida.