Sobiq «Ummon» guruhi a’zosi Jasur Rafiqov vafot etdi. Bu haqda guruhning yana bir a’zosi, xonanda Shohrux 14 noyabr kuni ertalab o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

«Daryo» nashrining aniqlik kiritishicha, xonanda bir necha yillardan buyon saraton kasalligi bilan kurashib kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, «Ummon» guruhi 2007 yilda Zohid Rixsiyev, Jasur Rafiqov va Shohruh Isamuhammedov tomonidan tashkil etilgan. 2018 yilda Zohid Rixsiyev guruhni tark etib o‘z yakkaxon ijodini boshlagan. 2019 yilda esa guruh butkul parchalangan.

Eslatib o‘tamiz, 29 sentabr kuni «Ummon» guruhining yana bir solisti Zohid Risqiyev boshqaruvida bo‘lgan BMW Toshkentda YTHga uchragandi.