11−13 noyabr kunlari Bishkekda (Qirg‘iziston) sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston sportchilari 5 ta — 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi xabar berdi.

Unda jangovar sambo bahslarida -58 kg vazn toifasida Lutfilla Saydamatov kumush, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa -65 kg vaznli Muxlisa Qodirberganova bronza medaliga ega chiqdi.

Doston Ro‘ziyev (-58 kg), Sardor Olimjonov (-64 kg) va Sherzod Ismonov (-79 kg, jangovar sambo) terma jamoa hisobiga yana uchta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Musobaqada 50 davlatdan sportchilar ishtirok etdi