Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda departament matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro F.X. qalbaki 8300 dollarni fuqaro E.I.ga 4150 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, departamentning Yashnobod tuman bo‘limi fuqaro A.K. «G.B.» mehmonxonada xizmat faoliyatini olib borayotgan D.P.ga qalbaki 500 dollarni 5,2 mln so‘mga sotganini aniqlandi.

Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi esa Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.A. va M.X. shahar dehqon bozorida amalga oshirgan xaridi uchun YATT «K.I.»ning sotuvchisi D.A.ga 2 dona 50 kupyurali qalbaki dollar berganligi ma’lum bo‘ldi. Ularning yonidan qalbaki 300 dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.