Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

O‘zbekistonda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram oldidan Samarqand viloyati hokimligi binosida bir guruh mahalliy tizim xodimlari taqdirlandi.

Tadbir davomida hududda tibbiyot sohasini rivojlantirishga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni topshirildi.

Bundan avval, prezident bir guruh soha xodimlarini taqdirlagani haqida xabar berilgandi.