2022 yil 24 noyabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangandan Orenburgga qatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Namangan — Orenburg — Namangan yo‘nalishida parvozlar haftaning payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

  • Namangandan uchish: 21:25;
  • Orenburgga yetib borish: 00:30;
  • Orenburgdan uchish: 02:30;
  • Namanganga yetib borish: 05:20.

Avvalroq, UzAirways Farg‘ona va Dubay o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yayotgani, Jakarta-Buxoro-Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar tashkil etish taklif etilgani haqida xabar berilgan edi.