Kanada

1986 yilda Meksikadagi jahon chempionatida debyut qilgan ushbu jamoa jahon chempionatiga ikkinchi marta bormoqda. O‘shanda kanadaliklar sovet tomoshabinlari ko‘z o‘ngida SSSR bilan (garchi SSSR terma jamoasi o‘zining ikkinchi tarkibi bilan o‘yinga tushgan bo‘lishsa-da) o‘yindagi murosasizligi bilan esda qolishgan. Biroq ular guruhdagi uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lishgan.

Ingliz murabbiy Jon Xerdmanning «Kanada-2022» loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin, ammo jamoa sensatsiyani yuzaga keltirishi mumkin va hech bo‘lmaganda zeriktirmasligi aniq. Futbolga befarq bo‘lmagan har bir inson biladiki, har qanday jahon chempionati hamisha syurprizlarga boy bo‘ladi. Guruh tarkibiga qisqacha nazar tashlaydigan bo‘lsak, aynan Kanada shunday ajoyib syurpriz bo‘lishi mumkinligini ko‘ramiz.

Foto: Derril Dayk / Canadian Press

«Qizillar» Amerika qit’asidagi futbolchilar va murabbiy o‘rtasida o‘zaro tushunish muammosi bo‘lmagan kam sonli jamoalardan biridir. O‘zini «xobbit» (bo‘yi — 165 sm) deb ataydigan Xerdmanning tarjimai holini qisqacha ta’riflagan holda uning barcha kamchiliklari va u haqdagi qiziqarli faktlarni qamray olmaydi — u o‘z qo‘l ostidagilari uchun shaxsiy doiradagi kimsa rolida emas, balki katta o‘rtoq rolida gavdalanadi.

Bugungi kunda «Bavariya» futbolchisi Alfonso Devis, Fransiyaning «Lill» jamosidan Jonatan Devid, KONKAKAF zonasida jahon chempionati saralash to‘purari bo‘lgan Kayl Larin kabi jamoa yetakchilari allaqachon ana shunday «ishonch doirasi»ga kirishgan. Ushbu uchlikdagi birinchisining tanasi muntazam ravishda sinovlardan o‘tmoqda (koronavirus, miya chayqalishi) va Qatarga safar oldidan uning sport formasi savollar tug‘diradi. Ammo Xerdman o‘yin sxemasini qanday tiklashni biladi va 39 yoshli Atiba Xatchinson asosiy vazifalarni bajarishda doimo zaxira o‘rindig‘idan turib yordam berishga tayyor.

Muxlislar tomonidan psixologik bosim bo‘lmasa, kanadaliklar pley-offga chiqishga qodir: Belgiya va Xorvatiyadagi noaniqlar bunga juda yaxshi imkon beradi.

Belgiya

Qatarda «qizil iblislar» 13 marta jahon chempionatida ishtirok etadi. Faqatgina o‘tgan safar, ya’ni 2018 yilda Rossiyada belgiyaliklar pragmatik inglizlar bilan bahsda bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘zlarining eng yaxshi natijasini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishdi.

JCH-2022 yarim himoyachi Kevin de Bryuyne va darvozabon Tibo Kurtua avlodining «oqqush qo‘shig‘i» bo‘ladi, ular aslida hozirgi Belgiya terma jamoasining eng kuchli o‘yinchilari bo‘lib qolaveradi. Jamoa ustozi Roberto Martines jamoani unchalik o‘zgartirmadi va jamoa 2022 yilgi jahon chempionatiga sobiq yetakchilar bilan boradi. Bunday vaziyatlarda har doim umid musobaqa davomida olib boriladigan zaxiralarga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Foto: BelRedDevils / Twitter

Himoyani Vertongen-Alderveyreld dueti boshqaradi: kimdir tajriba haqida aytishi mumkin, ammo biz Belgiya termasiga qarshi ma’lumotlarni keltirganda ularning ikkalasining yoshini qo‘shganda 69 yoshga teng bo‘lishini aytishdan tortinmaymiz. De Bryuyne boshchiligidagi yarim himoya Yevropa deyarli barcha top chempionatlaridagi futbolchilardan iborat, ammo ular endi unchalik ham xavfli ko‘rinmayapti. 35 yoshli Dris Mertens va 29 yoshli Mishi Batshuayi kuchli hujumchilardan deb tan olingan bo‘lishsa-da, hatto Turkiyadagi jamoalarni ham kamdan-kam qo‘rqitishadi.

Bunday teng guruhda belgiyaliklar hatto birinchi o‘rindan ham pley-offga chiqishga qodir. Ammo «qizil iblislar»ning to‘rt yil oldingi natijasini takrorlash imkonsizdek ko‘rinadi.

Xorvatiya

Adriatika sohillari terma jamoasi oltinchi bor jahon chempionatiga bormoqda va ular jahon vitse-chempionlari maqomida ishtirok etishadi: 2018 yilda Rossiyada xorvatlar faqat Fransiya bilan bo‘lgan finalida mag‘lub bo‘lishdi. Biroq, bu safar mashhur memdagi «shashka o‘yinimi yoki oldinga?» savolida ko‘proq birinchi variant mosroqdek ko‘rinadi: bayroqlaridagi tasvir sababli «shashkachilar» deb ataluvchi ushbu terma jamoa bu safar o‘tgan galgidek juda uzoqqa borishmasa kerak.

Xorvatiya termasini belgiyalik hamkasbi Martinesning o‘ziga xos ijodiy egizaki Zlatko Dalich boshqarishda davom etmoqda, u avlodlar almashinuvi sababli kadrlar muammosiga duch kelgan va shuning uchun o‘zida mavjud bo‘lgan futbolchilar bilan qanday o‘ynash yo‘lini qidiradi.

Foto: HNS_CFF / Twitter

Xorvatiyaning deyarli barcha hujumlari markazdan o‘tadi — kimdir buni qanot yarim himoyachilaridan foydalanish bo‘yicha murabbiylik harakatlarining yetishmasligi deb hisoblasa, kimdir texnika va fikr tezligi estetikasinda yetishmovchilik ko‘radi. To‘rt yil avval hamma jamoaning asosiy dvigateli Luka Modrichning terma jamoadan ketishi muqarrarligi haqida gapirgan edi, ammo uning «Real» safidagi so‘nggi Chempionlar ligasidagi o‘yini barcha skeptiklarni uyaltirdi.

Zagrebning «Dinamo» klubi posboni Dominik Livakovich ancha tajribali, ammo u haligacha ajoyib qutqaruvchi sifatida o‘zini ko‘rsatmadi. «Inter» yarim himoyachisi Marselo Brozovich jiddiy jarohat oldi va bu bilan butun xorvatlarning o‘rta chizig‘ini jarohatladi.

Pley-offga chiqish imkoniyati bo‘yicha ancha chalkash guruhda xorvatlar uchun har bir o‘yin hal qiluvchi bo‘lishi kerak. Va tajribaga qo‘shimcha ravishda, ular uchun kuch va chidamlilik kabi xususiyatlar kerak bo‘ladi.

Marokash

Marokash Qatarga o‘zining tarixidagi oltinchi jahon chempionatiga boryapti, ular JCHda atigi bir marta 1986 yilda Meksikada pley-offga chiqishgan. O‘shanda 1/8 finalda Marokash Germaniya bilan jahon chempionatidagi eng zerikarli o‘yinlardan birini o‘tkazgan.

2022 yilgi jahon chempionatida jamoani terma jamoalardagi faoliyatida uchinchi marta asosiy futbolchilar bilan janjallashishga muvaffaq bo‘lgan Vohid Halilxojich olib chiqdi. Bu safar bosniyalik murabbiy Hakim Ziyesh bilan murosasiz munosabatda bo‘ldi va federatsiya taqdirga tayanib qolmaslikka qaror qildi. Avgust oyida jamoa boshqaruvchisi sifatida mahalliy mutaxassis Valid Regragi e’lon qilindi. Uning Mag‘ribdagi murabbiylik iste’dodi, mahalliy «Vidad»ni Afrika Chempionlar Ligasida g‘alabaga olib kelganidan so‘ng, katta g‘urur bilan tilga olina boshlandi. Regragidan Qatarda ishonchli natijalar kutilmoqda.

Foto: diskiafrika.co.za

Bunday umidlar jamoada jamlangan futbolchilar sababli belgilangan. Ashraf Hakimi va Romen Saiss kabi jamoa ustunlari hujumni to‘xtatish mahoratini munosib birinchi pas bilan birlashtirishgan. Sofyan Amrabat to‘plarni eng jiddiy himoyachilardan olib qo‘ya oladi, Yussef En-Nesiri eng tezkor himoyachilardan qochib keta oladi, terma jamoada bir yildan ortiq o‘ynamagan Ziyesh esa bu ikki mahoratga hamon ega deb umid qilinmoqda.

Marokash terma jamoasi qarshi hujumda o‘ynash uchun yaxshi o‘yinchilar jamlanmasiga ega va bu uslubga tayanib, syurprizlar keltirib chiqarishi mumkin. Ular Qatardagi ilk o‘yinini xorvatlar bilan o‘tkazishadi, ular o‘yinni «quritishi» mumkin, pozitsion hujum esa «Atlas sherlari»ga xos xususiyat emas.

G guruhi bilan tanishuv — 15 noyabr, seshanba kuni «Gazeta.uz» saytida.