12 noyabr kuni soat 16:22 da Andijonda zilzila bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila episentr Toshkentdan 285 km janubiy-sharqda, Andijon viloyati Jalaquduq tumani ekani aniqlandi. Magnituda 3 ball, chuqurlik 15 kmni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

  • Andijon tumanida 3 ball, 8 km;
  • Jalaquduq tumanida 3 ball, 9 km;
  • Xo‘jaobod tumanida 3 ball, 16 km;
  • Andijon shahrida 3 ball, 17 km;
  • Buloqboshi tumanida 2−3 ball, 21 km;
  • Paxtaobod tumanida 2−3 ball, 23 km;
  • Qo‘rgontepa tumanida 2 ball, 27 km;
  • Izboskan tumanida 2 ball, 28 km;
  • Asaka tumanida 2 ball, 30 km;
  • Oltinko‘l tumanida 2 ball, 30 km.