Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets jamoaning 16−20 noyabr kunlari Qozog‘iston va Rossiya terma jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, milliy terma jamoa 13 noyabr kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlaydi. Ushbu yig‘in doirasida 16 noyabr kuni soat 18:00 da Qozog‘istonga qarshi, 20 noyabr kuni soat 17:00 da esa Rossiya bilan o‘yin o‘tkaziladi. Har ikkala uchrashuv Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inga quyidagi futbolchilar jalb etilgan:

Darvozabonlar — Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Botirali Ergashev (AGMK), O‘tkir Yusupov («Navbahor»);

Himoyachilar — Rustam Ashurmatov («Navbahor»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»), Alibek Davronov («Nasaf»), Umarbek Eshmurodov («Nasaf»), Abdulla Abdullayev (AGMK), Sherzod Nasrullayev («Nasaf»), Dilshod Saitov («Nasaf»);

Yarim himoyachilar — Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Otabek Shukurov («Fatih Karagyumryuk», Turkiya), Aziz Turg‘unboyev («Paxtakor»), Oybek Bozorov («Nasaf»), Jaloliddin Masharipov («An-Nasr», Saudiya Arabistoni), Sardor Sobirxo‘jayev («Paxtakor»), Hojimat Erkinov («Torpedo», Rossiya), Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»), Oston O‘runov (jamoasiz), Ruslanbek Jiyanov («Olimpik);

Hujumchilar — Eldor Shomurodov («Roma», Italiya), Igor Sergeyev («Tobol», Qozog‘iston), Bobur Abduxoliqov («Energetik-BGU», Belarus).


Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin 17 noyabr kuni Tojikiston, 20 noyabr kuni esa O‘zbekistonga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni 7 noyabr kuni e’lon qilgan. Qozog‘iston terma jamoasining O‘zbekiston va BAAga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi esa 11 noyabr kuni ma’lum qilindi.