Bektemir tumanida yaqinlari va yashash joyi haqida ma’lumot bera olmagan 13 va 15 yoshli ikki nafar o‘smir topildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIB matbuot xizmati.

Surishtiruv davomida ular Yuldashev Zohid Said o‘g‘li va Yuldashev Jamshid Said o‘g‘li ekanligi aniqlangan. Biroq ularning qarindoshlari, yashash joyi haqidagi ma’lumotlari, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, tug‘ilgan va yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emas.

Hozirda ular Toshkent shahar IIBBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Boshqarma fuqarolardan yuqoridagi shaxslar haqida ma’lumot bo‘lsa, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining 71−231−87−56, 71−231−87−54 yoki «102» raqami orqali xabar berishlarini so‘radi.