6 noyabr kuni kech soat 19:20 da Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining navbatchisi tomonidan is gazidan zaharlanish holati bo‘yicha ma’lumot kelib tushdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, Forish tumani «Oybek» MFY Mashrab ko‘chasi 83 uyda istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug‘ilgan uy bekasi I.G. va uning o‘g‘illari — 2017 yilda tug‘ilgan B.N hamda 2012 yilda tug‘ilgan B.B. yashash uyida «is gazidan zaharlanish» holati bilan vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qorako‘l tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi oqibatda 2-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgandi.