Andijon tumanida «Bitmain» mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mutbuot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar tekshiruvda, «I.P.» MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar tomonidan korxonaga qarashli «Qurama» MFY hududida joylashgan chorva fermasi va ishlab chiqarish binosida elektr tarmog‘iga 845 dona «Bitmain» mayning kripto-aktiv qurilmalari o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

Buning oqibatida korxona davlat manfaatlariga 40,4 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185−2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.