30 oktabr kuni Hindistonning Gujarat shtatidagi Morbi shahrida bir asrlik osma ko‘prikning qulashi oqibatida 132 kishi halok bo‘lgan edi.

Hindiston politsiyasi holatga aloqador deya gumonlanayotgan 9 kishini, jumladan chipta sotuvchi va yetkazib beruvchilarni ham hibsga oldi, deb xabar berdi «Gazeta.ru» nashri.

Videokuzatuvlarga tushib qolgan lavhadan ma’lum bo‘lishicha, bir guruh yoshlar ko‘prik ustida uni ikki tomonga silkitayotgan paytda qulab tushgan. Katta tezlik oqibatida fuqarolar Machxu daryosiga g‘arq bo‘lgan.


Jabrlanuvchilardan biri Ashvin Mexraning aytishicha, o‘zi bilan yana 6 kishi qirg‘oqqacha ko‘prikning temir panjaralari va to‘rlardan ushlab yetib borgan.

«20−25 yoshgacha bo‘lgan 20 ga yaqin o‘g‘il bola ko‘prikni silkitdi. Uch marta qandaydir tovushlarni eshitdik. Oltinchi martada osma zanjir uzildi», — deya voqeani sharhladi u.

Politsiya mulozimining aytishicha, olomonni nazorat qila olmagani uchun to‘qqiz kishi, jumladan boshqaruv xodimlari, chiptalar sotuvchilar va uch qo‘riqchi hibsga olingan.

Ashok Kumar Yadavning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida obyektni ta’mirlash bo‘yicha shartnoma olgan ikki kishi ham bor. Hibsga olinganlar soni ortishi mumkinlitgi ham ko‘shimcha qilindi.