Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalarining hamkorlikdagi tezkor tadbirida, fuqarolar D.E. va B.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, «Sultonobod» MFY hududida fuqaro B.ga og‘irligi 474,75 gramm bo‘lgan 1 dona oltinga o‘xshash sariq rangli quyma metallni 287,3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 1 dona sariq rangli metallning 469,52 grammi «999,9» probali sof oltin ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.