Yashil texnologiyalar selektori (Green Technology Selector, GTS) — bu Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Yashil iqtisodiyotni moliyalash mexanizmi (GEFF) doirasida ishlab chiqilgan, yuqori samarali ekologik toza texnologiyalar, jihozlar va materiallarni ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar katalogidir. Katalog xaridorlarga o‘z toifasida sifatli va YeTTB texnik talablariga mos keluvchi texnologiyalarni topishda yordam beradi.

Platforma 2018 yilda ishga tushgach, katalogda butun dunyodan o‘z toifasining eng yaxshisi sanalgan, iqtisodiy va ekologik samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi texnologiyalar to‘plandi. Bugungi kunda katalogda butun dunyodan 15 ta toifa va 77 ta texnologiyaga mansub 37 mingdan ziyod jihozlar va texnologiyalar taqdim etilgan, shuningdek 19 ta tildagi ko‘ptilli interfeys mavjud. Katalogda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston ham taqdim etilgan.

O‘zbekiston Yashil texnologiyalar selektori bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: techselector.com

Katalogda YeTTB tomonidan har bir texnologiya toifasi va har bir mamlakat uchun tasdiqlangan minimal samaradorlik mezonlari (MSM)ga javob beruvchi texnologiyalar va jihozlar ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ushbu mezonlarga muvofiq, katalogda taklif etilayotgan jihoz yoki texnologiya, ular xarid qilinganda yoki o‘rnatilganda, almashtirilishi kerak bo‘lgan texnologiyalar bazaviy ko‘rsatkichlariga nisbatan, samaradorlikni kamida 20 foizga oshirishga yordam beradi.

Yangi mahsulotlar qo‘shilganda ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar ushbu mahsulotlar texnik xarakteristikalarini taqdim etishlari lozim. Taqdim etilgan axborot Green Technology Selector tizimining ma’muri tomonidan tekshiriladi. Xarakteristikalar har bir texnologiya uchun spetsifik bo‘ladi. Mahsulotlar muvofiqligi tizim tomonidan avtomatik ravishda, xarakteristikalar to‘g‘risidagi taqdim etilgan ma’lumotlarni minimal samaradorlik mezonlari (MSM) bilan qiyoslash orqali baholanadi.

GTS`da istalgan mahsulotni yoki texnologiyani nomi bilan izlash mumkin. Buning uchun nomni «Selektor» sahifasining yuqori qismidagi tezkor izlash maydoniga yozish talab etiladi. Izlash shartlariga mos natijalar mavjud bo‘lsa, tizim tanlovni yana davom ettirish uchun mavjud variantlarni taklif etadi.

Ekologik toza texnologiyalarni moliyalashtiruvchi ko‘plab tashkilotlar moliyalash talab etiladigan texnologiyalarning belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash uchun asos o‘laroq Green Technology Selector`dan foydalanadilar.

Kichik va o‘rta biznes uchun «Selektorda» qatnashishning afzalliklari:

  • ishonchli mahsulot yetkazib beruvchilari va xaridorlarini birlashtiruvchi onlayn-platforma;
  • xalqaro platformada o‘z mahsuloti va imkoniyatlarini taqdim etish imkoniyati;
  • tovarlar tavsifi va assortimentni yangilash imkoniyatini beruvchi onlayn-do‘kon;
  • o‘zini mahalliy bozorda jiddiy saralashdan o‘tgan o‘z toifasidagi eng yaxshi yetkazib beruvchi sifatida taqdim etish;
  • raqobatchilar takliflaridan xabardorlik;
  • qo‘shimcha mahsulotlarni ko‘rsatish yoki import hisobiga sotuvlarni oshirish imkoniyati;
  • yashil moliyalashni taklif qiluvchi moliyaviy muassasalar bilan o‘zaro aloqa va strategik hamkorlik;
  • sanab o‘tilgan global ishlab chiqaruvchilar va/yoki mahalliy texnologiya yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro aloqa va strategik hamkorlik;
  • yashil mahsulot aylanmasini kengaytirish;
  • qulay mobil ilova;
  • katalogda ro‘yxatda o‘tishning tushunarli va sodda taomili;
  • GEFF (Yashil iqtisodiyotni moliyalash mexanizmi) orqali qo‘shimcha konsultativ xizmatlar.


Yashil texnlogiyalar selektori moliyaviy institutlarga nima beradi?

Selektor moliyaviy tashkilotlar, ularning mijozlari va texnologiyalar yetkazib beruvchilar uchun yashil investitsiyalarni moliyalashga sharoit yaratadi.

YeTTB hamkori bo‘lmish moliyaviy tashkilotlar — banklar, lizing kompaniyalari, mikromoliyalash tashkilotlari — maqsadli «yashil» moliyaviy dasturlar doirasida kreditlash to‘g‘risida qaror qabul qilishgacha loyihalarni texnik baholash uchun GTS`dan foydalanadilar.

«Selektor» paydo bo‘lganidan keyin bankning potensial qarz oluvchi bilan ishlash zanjiri bir necha bosqichgacha qisqaradi. Banklar mijozlarni «Selektor»ga sinalgan jihozni tanlash uchun yuboradilar, keyin tanlangan jihozlar ishlab chiqaruvchi bilan muzokara o‘tkazadilar. «Selektor»da mavjud barcha mahsulot oldindan tasdiqlangan va yashil moliyalash dasturlari doirasida moliyaviy muassasalar orqali moliyalash uchun texnik yaroqli ekanligi kelib chiqib, kredit yoki lizingni rasmiylashtirish taomili o‘sha zahoti boshlanadi.


27 oktabrda energetika va energiyani tejash masalalariga bag‘ishlangan UzEnergyExpo 22 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida YeTTBning yashil texnologiyalarni moliyalash masalalariga bag‘ishlangan axborot sessiyasi o‘tkazildi. Unda GEFF (Yashil iqtisodiyotni moliyalash mexanizmi) dasturi bo‘yicha hamkor banklar vakillari chiqish qildilar. Dastur O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi hamda kichik va o‘rta biznes uchun moliyalash, konsultatsiyalar hamda grantlar taqdim etish orqali ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.
YeTTBning «Kichik biznes uchun konsultatsiyalar» dasturi mutaxassisi Denis Torxov, YeTTB loyihasi konsultanti Po‘lat Solihov (Energy Partners LLC kompaniyasi) O‘zbekistonda Yashil texnologiyalar selektorining imkoniyatlari haqida so‘zlab berdilar.

«Hamkorbank» ATB tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i Oybek Sadirdinov, «Ipak yo‘li» AITB kreditlash departamenti bosh mutaxassisi Abduqodir Rasulov, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Green Banking departamenti direktori Baxtiyor Ahmanov yashil loyihalar uchun kreditlar olishni rasmiylashtirish taomillari va shartlari haqida nutq so‘zladilar.

Avant Garde Group`ning O‘zbekistondagi vakili Liliya Zavyalova tabiiy gaz tashlamasini qisqartirishga qaratilgan loyihalarni birgalikda kreditlash mexanizmi (JCM, Yaponiya) haqida hikoya qildi.

Reklama huquqlari asosida.